Rasman: Angliya Premer-Ligasining SHon-sharaf zali tashkil etiladi
27 fev 2020 20:35
Yangiliklar


Rasman: Angliya Premer-Ligasining SHon-sharaf zali tashkil etiladi
Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar beradi.
19 mart kuni Angliya Premer-Ligasining SHon-sharaf zalidan o'rin oladigan ilk 2 futbolchining nomi malum bo'ladi.
Ushbu nufuzli nomga musobaqa tashkil etilgan 1992 yildan boshlab, o'z mahorati va istedodini namoyish etgan holda faoliyatini yakunlagan futbolchilar kiritiladi.
Qo'shimcha qilish kerakki, SHon-sharaf zalidan o'rin oladigan birinchi o'yinchilar Premer-liga mutaxassislari tomonidan tanlanmoqda.
Keyinroq, undan joy olishi mumkin bo'lgan futbolchilarning short-listi ham elon qilinadi va muxlislar o'rtasidagi so'rovnoma orqali g'oliblar malum qilinishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar