Rasman: Allegri - "Yuventus" bosh murabbiyi

Alisher
28 may 2021, 18:09
Italiyalik mutaxassis Massimiliano Allegri yana "Yuventus"ni qabul qilib oldi.

Klub 53 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan bitim tafsilotlarini oshkor qilmadi. Oldinroq ma'lum bo'lganidek, u 2025 yilga qadar shartnoma imzolagan, uning maoshi yiliga 9 mln evro atrofida.

Massimiliano Allegri "Yuventus" (2014-2019)ni oldin ham boshqargan, mutaxassis klub bilan 11 sovrin, jumladan 5ta chempionlik titulini qo'lga kiritgan. U ikki bor turinliklarni Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqqan va ularda "Barselona" va "Real"ga imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o'tamiz, bundan biroz oldin "Yuve" Andrea Pirloni bosh murabbiylikdan iste'foga chiqargan edi. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: juventus.com