So’nggi yangiliklar

23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  0 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  3 22:20Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  74 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  30 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  14 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  73 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  8 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  3

Rasman: Abdulla Abdullaev - AGMK futbolchisi! Yangiliklar

Rasman: Abdulla Abdullaev - AGMK futbolchisi!

Superliga klublari yangi mavsum oldidan tarkibni shakllantirish ishlari davom ettirishmoqda.

Olmaliqning AGMK klubi navbatdagi transferini elon qildi.

"Bunyodkor" futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan hamda ushbu jamoada 4 mavsumni o'tkazgan va 2022 yildan etiboran erkin agentga aylangan himoya va tayanch yarim himoyada o'ynaydigan — Abdulla Abdullaev AGMK futbol klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.


"Abdullaev 2018 yilgi mavsumdan etiboran "Bunyodkor"ning asosiy tarkib futbolchisi sifatida yorqin o'yinlarni o'tkazib keldi. Futbolchi faoliyati davomida klub tizimida jami 94 o'yin o'tkazgan va raqiblar darvozasiga 2ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Abdullaev o'tgan yildan etiboran O'zbekiston terma jamoasining muqim futbolchisiga aylandi.

Endilikda AGMK ahil oilasining azosiga aylangan Abdulla Abdullaevga faoliyatidagi yangi chaqiruv omadli va muvaffaqiyatli bo'lishini tilab, Olmaliqqa xush kelibsan, Abdulla deya iqtidor sohibini jamoamizga iliq qabul qilamiz!", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Abdulla Abdullaev haqida qisqacha malumot: futbolchi 1997 yil, 1 sentyabr kuni tavallud topgan.

Eslatib o'tamiz, bu haqda 2021 yilning 28 dekabr kuni "Championat.asia"ning "Eshitdik-da" rukni orqali xabar bergan edik.

Eshitdik-da! "Bunyodkor" futbolchisi AGMKga o'tadi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика