So’nggi yangiliklar

17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  1 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  4 17:05CAFA Nations Cup. Ўмон Қирғизистон билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)   12 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  3 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  3 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  6 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  5 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  5 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  13

"Raqiblarning etarlicha baho bermayotgani "Istiqlol"ning foydasiga ishlamoqda". OCHL va boshqa mavzular haqida dushanbeliklar sobiq sardori bilan intervyu Yangiliklar

"Raqiblarning etarlicha baho bermayotgani "Istiqlol"ning foydasiga ishlamoqda". OCHL va boshqa mavzular haqida dushanbeliklar sobiq sardori bilan intervyu

Tojikistonning "Istiqlol" jamoasining OCHLda qayd etayotgan natijalari va ko'rsatayotgan o'yini barchaning etiborida bo'lib turibdi.

Xalqaro maydonda ilk bor ishtirok etayotganiga qaramasdan ortda qolgan o'yinlarda ko'pchilikni ajablantirdi. Musobaqadan oldin guruhda autsayder sifatida qaralgan dushanbeliklar guruh bosqichida kuchli jamoalar ustidan zafar quchishga ulgurishdi. Albatta ularning ushbu muvaffaqiyatlariga hamma turlicha fikr, mutaxassislar o'zining munosabatini bildirmoqda. 

Biz bilan suhbatda bo'lgan "Istiqlol" sobiq futbolchisi, ayni paytda Pamirning CSKA klubida to'p tepayotgan Fatxullo Fatxulloev qadrdon jamoasining OCHLdagi ishtiroki haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- "Istiqlol"ning kutilmagan natijalari borasida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. Sobiq jamoangizning OCHLdagi o'yinlarini ko'rib boryapsizmi? Aynan qaysi jihati sizni xayron qoldirmoqda?

- "Istiqlol" ishtirokidagi o'yinlarda kuzatib bormoqdaman. Jamoadagi aksariyat futbolchilar do'stim hisoblanadi. SHu qatori men ham ularga muxlislik qilyapman. Qayd etayotgan natijalari chindan ham qoyilmaqom. SHuningdek futbolchilar namoyish qilayotgan o'yin ham yaxshi, deya olaman. 

- Muvaffaqiyatlarda asosiy omil nima bo'lmoqda? Kuchli ishtiyoq yoki murabbiyning tanlayotgan to'g'ri taktikasi?

- Yigitlarda bunday nufuzli turnirda o'zini ko'rsatib olishi uchun xohish va ishtiyoq ham ustunlik qilmoqda, deyishim mumkin. Jamoa maydonda murabbiyning ko'rsatmalarini to'la to'kis bajarayotgani natijalarda aks etmoqda. Ushbu muvaffaqiyatlar tojik futboli uchun katta yutuq hisoblanadi. "Istiqlol"da o'z vaqtida o'ynaganman. Jamoa bu bosqichga kelguniga qadar katta mehnat qildi. 

- Raqiblarning etarlicha baho bermayotgani "Istiqlol"ning foydasiga ishlamoqda, desak to'g'ri bo'ladimi? 

- Oldingi ikki o'yinda siz aytgan narsa ko'zga tashlandi. Raqiblar biroz "Istiqlol"ning imkoniyatlarini to'g'ri baholamadi. Futbolchilar esa bundan foydalana olishdi va istalgan jamoa bilan o'ynay olishlarini isbotlashdi. Buning natijasida futbolchilarda o'z kuchiga bo'lgan ishonch yanada ortdi. Hozir ularda kayfiyat va ishonch yuqori notaga chiqqani tabiiy. SHunday ekan endilikda "Istiqlol"dagi ishtiyoqni to'xtatish qiyin. Muhimi oldinga intilishda davom etish kerak. Agarda to'xtab qolsangiz muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. 

- Tojikistonda futbol yildan yilga o'sib borayotganini ko'rishimiz mumkin. Agarda harakatlar shu zayilda davom etsa mamlakat futboli yaqin yillarda Osiyoda etakchilar qatoriga kira oladimi?

- Ha albatta. Futbol hozirda bir joyda to'xtab qolayotgani yo'q. Xuddi shuningdek Tojikistonda ham. Bundan juda xursandman. 

- 2019 yilning ikkinchi davrasida "Buxoro" sharafini himoya qilgan edingiz. Juda yaxshi eslaymiz, o'shanda jamoa har bir uchrashuvda oxirigacha kurashar va xarakter ko'rsata olardi. Undan oldingi yillarda chempionatda yuqori o'rinlar uchun kurashardi. Mana shunday jamoa hozirda Pro ligada ishtirok etmoqda...

- Ushbu savolingiz ham bevosita suhbatimizga bog'liq ekan. O'shanda men "Istiqlol"ni tark etib "Buxoro"ga kelganimda qiynalganman. CHunki Dushanbe jamoasi bilan etakchilar qatorida yurardik.  "Buxoro"da jamoani kuchlilar qatorida saqlab qolish uchun o'ynaganmiz. SHunisi bilan farq qilgan. Lekin o'shanda menga O'zbekiston chempionati manzur kelgandi. 

- So'nggi paytlarda ko'p jamoa almashtirmoqdasiz...

- "Buxoro"dan so'ng "Xo'jand"ga OFK kubogiga yo'llanma olishi uchun ko'maklashdim. Keyin esa Hindiston chempionatida o'zimni sinab ko'rish istagi tug'ildi. Menda ko'pgina variantlar bo'lganiga qaramasdan oilam va yaqinlarim oldida bo'lishni istadim. SHuning uchun bu yil Pamirning CSKA klubi taklifini qabul qildim. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика