So’nggi yangiliklar

17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  11 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0

Rangnik - Sancho haqida: "U juda muhim insonini yo'qotdi" Yangiliklar

Rangnik - Sancho haqida: "U juda muhim insonini yo'qotdi"

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik "Vest Xem"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Sanchoning maydonga tushmagani haqida

"U oilasining juda muhim azosini, o'zi uchun eng yaqin bo'lgan insonini yo'qotdi. U bilan gaplashib olaman va mashg'ulotdan keyin yakuniy qarorni birga chiqaramiz"

Ronalduning noroziligi haqida

"Barchasini tushunganidan keyin Ronaldu meni quchoqlab yubordi. To'g'risi buni kutmagandim. To'purar futbolchilar nimalarni fikrlashini yaxshi bilaman. SHu sababli yana bir bor bunday qaror chiqarishdan qochmagan bo'lardim.

Ha, u norozi bo'ldi. U maydonda qolishni, gol urishni istadi. Ammo biz bosh bilan yaxshi o'ynaydigan va himoyada to'pni qaytaradigan futbolchini maydonga tushirishni istagandik"

Lingard haqida

"Nyukasl" unga qiziqish bildirdi. Hozir navbatdagi 10 kunda nimalar bo'lishini hech kim bilmaydi. SHu jumladan men ham"

Dalot haqida

"Uning hujumdagi o'yinida funkciyalari juda ko'p. Diogu qanotdan yaxshi paslar oshira oladi, shuningdek, birga bir holatlarda raqiblarini aldashi ham mumkin. Lekin uning himoyaviy ishlarini biroz yaxshilash kerak.

Uni himoyaga moslashgan himoyachi deyish xato. Yaqin vaqtlar ichida u hujumkor himoyachiga aylanadi.

Hozircha menga Dalot va Tellesning o'yinlari maqul kelmoqda. Ular uchun xursandman. Lyuk va Aaronning jarohatlari sababli ular o'yin amaliyotiga ega bo'lishmoqda"

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика