Rangnik: "Maguayr klubimiz uchun juda va juda muhim o'yinchi"
01 apr 2022 21:36
Yangiliklar


Rangnik: "Maguayr klubimiz uchun juda va juda muhim o'yinchi"
Murabbiy himoyachi manziliga yo'llanayotgan tanqidlar haqida gapirdi.
"Manchester Yunayted" klubi ustozi Ralf Rangnik jamoa futbolchisi Xarri Maguayrni qo'llab-quvvatladi. Angliya termasi muxlislari Maguayrni Kot-d’Ivuarga qarshi o'yinda hushtaklar bilan kutib olishgandi.
"Maguayr klubimiz uchun juda va juda muhim o'yinchi. U bizning sardor. "Uembli"da bo'lgan voqeani tushunmadim. Bizning stadionda bunday bo'lmagan bo'lardi. Muxlislarimiz Xarrini qo'llab-quvvatlashadi. U bir necha yillardan beri MYU va Angliya uchun ajoyib o'yin ko'rsatib kelmoqda. Bu menimcha uning shaxsiyatiga bog'liq emas. Gap Garrining o'yinida emas", -deydi Ralf Rangnik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar