Rangnik: “Bosh sovrin haqida emas, keyingi bosqichga yo'l olishni istagandik”
08 fev 2022 07:45
Yangiliklar
Rangnik: “Bosh sovrin haqida emas, keyingi bosqichga yo'l olishni istagandik”
“Manchester Yunayted” ustozi Ralf Rangnik jamoasi Angliya Kubogini juda erta tark etgani haqida fikr bildirdi.
“Midlsbro”ga qarshi o'yinga qanchalar jiddiy tayyorgarlik ko'rganimizni hamma ko'rdi. G'alaba qozonishni juda xohlagandik.
Biroq, yakunda etarlicha effektiv o'ynay olmadik va kerakli gollarni ura olmadik. Odatda shunga o'xshash o'yinlarda tanaffusga qadar 3:0 hisobida oldinda borasan. Biroq, bu sodir bo'lmadi.
SHunga qaramay, biz bundan holga tushgan birinchi jamoa emasmiz. Masalan, “CHelsi” va “Vest Xem” ham quyi division jamoalariga qarshi o'yinlarda qiyinchilikka duch kelishdi.
Oldinga o'ta olmadik va bu eng yomonidir. Gap titulni qo'lga kiritish imkoniyati haqida emas, biz keyingi bosqichga chiqishni istagandik”, deydi nemis mutaxassisi.
Fikrlar