Rangik: “De Xea biz uchun o'yinni yutib berdi”
12 dek 2021 07:50
Yangiliklar
Rangik: “De Xea biz uchun o'yinni yutib berdi”
APL 16-turida MYU safarda qiyinchilik bilan “Norvich”ni taslim (1:0) etdi.
Bahsdan keyin mehmonlar ustozi Ralf Rangnik g'alaba haqida fikr bildirdi.
“Bu juda shiddatli, ko'p jismoniy kuch talab qiladigan o'yin bo'ldi.Din Smitga “Norvich” jadvalning quyi qismidagi jamoa sifatida o'ynamoyotganini aytdim. Yakunda De Xea biz uchun o'yinni yutib berdi.
Doimo o'zimizni jismoniy tomondan ko'rsatishimiz lozim. Bazi futbolchilarimiz texnikaviy o'ynaydi, ammo texnikasini ko'rsatish uchun ularga bo'sh joy topilmadi. SHu tufayli ko'proq fizikaga urg'u berishimiz zarur va boshqa poziciyalarga ham. MYU shiddatkorlikni oshirishi kerak.
Uch ochko oldik va yana nolga o'ynadik. Biroq, qo'shishda davom etishimiz kerak bo'ladi”, deydi nemis mutaxassisi.
Fikrlar