Raneri yozda "Seltik" boshqaruvini o'z qo'liga olishi mumkin
16 may 2019 12:10
Yangiliklar


Raneri yozda "Seltik" boshqaruvini o'z qo'liga olishi mumkin
"Roma"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi italiyalik mutaxassis Klaudio Raneri yozda "Seltik" jamoasining boshqaruvini qo'lga olishi mumkin.
OAVning so'zlariga ko'ra, SHotlandiya jamoasi rahbarlari 2019 yil fevralda Brendan Rojers "Lester"ga ketganidan so'ng jamoani boshqarib turgan Nil Lennonning o'rniga nomzod qidirishyapti.
Avvalroq, jamoaga Slaven Bilich bosh murabbiy bo'lishi mumkinligi to'g'risidagi mish-mishlar tarqagandi.
67 yoshli Raneri mavsum so'nggida jamoadan ketishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar