Ramush – JCHda xet-trikka erishgan to'rtinchi portugaliyalik
07 dek 2022 09:55
Yangiliklar
Ramush – JCHda xet-trikka erishgan to'rtinchi portugaliyalik
JCH-2022 1/8 finalida Portugaliya TJ 6:1 hisobida SHveycariyani “er tishlatdi”.
Uchrashuvda 3 ta to'p kiritgan Gonsalu Ramush mundialda xet-trikka erishgan to'rtinchi portugaliyalikka aylandi. 21 yoshli hujumchi 17, 51 hamda 67-daqiqalarda Yan Zommerni ojiz qoldirdi.
Avvalroq, JCHda xet-trik qilish Krishtianu Ronaldu (JCH-2018, Ispaniya – 3:3), Pedru Pauleta (JCH-2002, Polsha – 4:0) va Eysebioga (JCH-1966, SHimoliy Koreya – 5:3) nasib etgandi.
Fikrlar