Ramosning PSJdagi debyuti yana qoldirildi. U qachon safga qaytishi nomalum
28 okt 2021 09:35
Yangiliklar


Ramosning PSJdagi debyuti yana qoldirildi. U qachon safga qaytishi nomalum
Parijliklar himoyachisi Serxio Ramosning tiklanish jarayoni sekin kechmoqda.
U hali ham yakka tarzda mashg'ulot o'tkazmoqda va umumiy guruhga qo'shilishga tayyor emas.
35 yoshli ispaniyalik qachon safga qaytishi esa hali ham aniq emas. AS manbasiga ko'ra, u oyoq mushaklarida og'riq his etmoqda va sog'ayish jarayoni kutilganidan ancha murakkab o'tmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ramos “Real”ni erkin agent sifatida tark etib, parijliklar bilan 2 yillik shartnoma imzolagandi.
O’xshash yangiliklar
23:10
Klublar o'rtasidagi JCH. PSJ to'qqiz kishi bo'lib "Bavariya"ni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi 162

Fikrlar