Ramos bugun yakka tartibda mashg'ulot o'tkazdi
22 okt 2020 20:27
Yangiliklar


Ramos bugun yakka tartibda mashg'ulot o'tkazdi
Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramos jarohatidan tiklanyapti.
Marca xabariga ko'ra, bugun ispaniyalik himoyachi klub bazasida yakka tarkibda shug'ullangan. U umumiy guruhga qo'shilmagan, ammo to'p bilan va to'psiz mashqlarni individual tarzda bajargan.
Ramos ertaga umumiy guruhga qaytishi kutilmoqda. Agar "qirollik klubi"ning tibbiy xizmati "Barsa"ga qarshi o'yinda ishtirok etish Serxioning sog'lig'iga xavf tug'dirmaydi deb hisoblasa, u "El Klasiko"da ishtirok etadi. Uchrashuv 24 oktyabrga belgilangan.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda "Real" safidagi Mariano Dias, Eden Azar, Dani Karvaxal, Martin Edegor va Alvaro Odriosola singari futbolchilar ham jarohatlarini davolash bilan band.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar