So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Ramon Kalderon: “Real” bir shahar bilan emas, muvaffaqiyatlar bilan bog'langan” Yangiliklar

Ramon Kalderon: “Real” bir shahar bilan emas, muvaffaqiyatlar bilan bog'langan”

“Real” klubi sobiq prezidenti Ramon Kalderon jamoaning mashhurligi, Krishtianu Ronalduning boshqalardan farqi va Zidanning qay tariqa murabbiylar shtabiga jalb qilingani, Madrid klubidagi turli jihatlar to'g'risida berilgan savollarga javob qaytardi.


- Odamlar SHotlandiyada ham “Real”ni juda yaxshi bilishadi. CHunki jamoaning reklamasi kuchli va ular CHempionlar ligasida zafar quchishadi. Lekin yoshligingizda “Real” qanday bo'lganini bizga ayta olasizmi? Nima uchun bu klubni yoqtirgansiz?

- O'ylashimcha, sportga qiziqqan har bir bolakayga futbol o'ynash, g'olib jamoalar va chiroyli o'ynaydiganlar yoqadi. Yoshligimda “Real” aynan shunday edi – bolalar uchun etibor qilishga loyiq.

Mening shahrim jamoasi Ispaniya chempionati uchinchi ligasida o'ynardi, “Real” esa butun dunyoni hayratga solardi. Fuqarolar urushidan so'ng mamlakatda tartibsizlik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar hukm surardi. O'sha paytda jamoa CHempionlar ligasida ketma-ket besh marta g'alaba qozongan. “Real”raqobatga kirisha oladigan jamoalarni mag'lubiyatga uchratgan. Angliya, Franciya, Germaniya va Italiya klublarini enggan. Biz g'alaba qozonib, sovrinlarga ega chiqqanmiz. “Real”ning afsonaviy tarixi o'sha paytlardan boshlangan.

Mashhur futbolchilar Ispaniyaga kelishni boshlashgan – o'sha paytlarda bu qabul qilinmagan, hech kim bunday qilmasdi. Di Stefano, Xento, Pushkash kelgandi. Ko'pchilik haligacha “Ayntraxt”ga qarshi o'tkazilgan finalni eslaydi. 7:3 hisobida tugagan uchrashuvda Di Stefano va Pushkash gol urgandi.

Bu klub qaysidir kompaniya yoki boyga tegishli emas. Xo'jayinlar 93 kishi hisoblanadi. Ularning 70 foizi Madriddan emas, men ham. Biz o'zimizni biror shaharga bog'lamaymiz. “Barselona”, “Sevilya” yoki “La Korunya” singari. Biz o'zimizni muvaffaqiyat bilan tanishtiramiz. SHu sababli bazi futbolchilar “Real”ga o'tgandan keyin “Bernabeu”ning reakciyasini yaxshi tushunishmaydi. Manchesterga borganimizda Ronaldu uch to'p kiritgan uchrashuvni eslayman. Mezbon ishqibozlar jamoalari mag'lubiyatga uchrab turgan holatda ham qo'llab-quvvatlashda davom etishgandi. Madridda bunday vaziyatda stadionda deyarli bo'sh bo'lib qolardi. Biz aynan shu bilan farqlanamiz. Odamlar stadionga yaxshi o'ynaydigan, gollar uradigan, chiroyli kombinaciyalar uyushtiradigan va raqibni soyada qoldiradigan jamoani ko'rishni xohlashadi. SHuning uchun Zidan yoki Ronaldoga ham o'z saviyasida o'ynolmagan bellashuvlarda hushtak chalishgan. Hatto Krishtianu bir mavsumda o'rtacha 60ta gol urayotgan bo'lishiga qaramay, bu yil unga hushtak chalingan holatlarni ko'rdik.

“Real” atrofida o'zgacha muhit yuzaga keladigan boshqacha jamoa. Bazida bunga dosh berish lozim. Biz bosimga duch kelganimizda muxlislarga CHempionlar ligasidagi 7-sovrinni 32 yil kutishga to'g'ri kelganini eslataman. Evropa maydonlarida 32 yil biror sovringa erishmaganmiz. Biroq afsona hech qaerga g'oyib bo'lmadi. Odamlarda biz har yili sovrin yutadigandek taassurot paydo bo'lgan.

Oxirgi mavsumlarda g'alabalarni qo'lga kiritdik. Klubimizning g'oyasi ham aslida dunyoni hayratda qoldirish sanaladi, bizga yirik kompaniyalar pul ajratmaydi. Vaqtida biz deyarli inqirozga kirgandik. Ko'pchilik bundan bexabar, 1999 yil shunday bo'lgan. Lekin biz mashg'ulot majmuasini sotdik, qarzlarimizdan qutuldik va futbol tarixidagi eng qiziq modelni ishga tushirdik. Avvalgidek afsona bo'lishni istadik. Muvaffaqiyatlarga erishish uchun eng yaxshi o'yinchilar bilan shartnoma tuzishga o'tdik. Buning ortidan reklama va pullar kelardi. Faxriy futbolchilardan qutuldik.Berndni ilgari surish va sovrinlarga ega chiqish 2000 yildan klubning g'oyasiga aylandi. Klub iqtisodiy tarafdan yaxshi tashkil etilgan. CHiptalar sotuvi, televizion huquqlar va homiylik shartnomalaridan deyarli teng miqdorda pul ishlab topamiz. Daromadning 43 foizi futbolchilar maoshiga sarflanadi.

- Bu juda kam.

- SHunday. Evropada ko'plab klublar daromadining 70 foizini maoshlarga sarflaydi. Agar bu miqdor oshirilsa, klub xavf ostida qoladi. Bizda esa atigi 47 foizi, yana o'tgan yili CHempionlar ligasini yutgan basketbol jamoasini qo'shganda. Bu ideal vaziyat. Klub barqaror va bizni yorqin kelajak kutmoqda. “Real” tarixi uchun hozir juda yaxshi davr.

- Ispaniyada fuqarolar urushidan 15-20 yil o'tgach, yashash qanday kechgan? Ko'pchilik bu qanday mamlakat va Franko qo'l ostida qay tariqa o'zgarganini tushunmagan?

- O'shanda bola edim. Atrofda nima ro'y berayotganini tushunmaganmiz. Dastlab hammasi yaxshi kechgan. Urushdan so'ng barchasi o'zgardi. Hamma ishlagan taqdirda hayot yaxshi bo'lishini tushundi – yangi uy yoki mashina sotib olish mumkin. Frankodan keyin nima bo'lishini ko'pchilik anglab etmagandi. Biz bariga ajoyib dosh berdik, o'zgarishlarga tayyor edik. Qirol ham demokratiya uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi. Biz yangi hayot va davrni boshladik. Qarama-qarshi tomonlar qo'l tashlab, hayotni o'zgartirish va yangi mamlakatni qurishga intildi. Hozir vaziyat ancha yaxshi. Bir necha yil avval butunjahon inqirozidan aziyat chekdik, lekin umuman olganda yomon yashamayapmiz. O'g'lim Janubiy Amerika, O'rta SHarq bo'ylab ko'p sayohat qiladi. Uyga qaytganda Ispaniya juda chiroyli va rivojlangan mamlakat ekanini takidlaydi. Madrid esa ajoyib shahar. Mamlakatim bilan juda faxrlanaman.

- Yosh ishqibozlar uchun Santyago Bernabeu stadionning nomi xolos. Bu inson haqida aytib bersangiz.

- “Real”da u hamma edi – faqat futbol to'pi bo'lmagan. Bernabeu barcha narsani qilardi: o'ynardi, shug'ullantirardi, direktor va prezidentga aylangan. Uzoqni ko'ra oladigan inson edi. Boshqa bunday inson bo'lmagan. Urushdan so'ng iqtisodiy vaziyat yaxshi emasdi, lekin u eng yaxshi futbolchilarni olib kelish kerakligini tushungan. Xorijliklarni taklif qilishga qaror etgan. “Ekip” bilan birga CHempionlar Kubogi tashkil qilishni o'ylab topgan. “Real”ga kattaroq stadion zarurligini anglab etgan. O'shanda yangi stadion qurish hozirgidan qiyinroq bo'lgan. Odamlar u bularni nega qilayotganini tushunishmagan. Biroq unda kuchli aql bor edi va Bernabeu “Real” uchun mehnat qilgan.

- “Real” fuqarolar urushidan katta jabr ko'rgan.

- SHubhasiz.

- Atletik Bilbao o'shanda kattaroq bo'lgan, hatto “Barselona” va “Atletiko” ham. Bernabeu kelguniga qadar “Real” ham shular qatorida edi, biroq ular hech narsa yuta olishmagandi.

- To'g'ri. La Ligada chempion bo'lish uchun 17 yil ketgan. O'shanda CHempionlar ligasini besh marta yutganmiz. Tasavvur qilishingiz mumkin, Ispaniya evropaliklar ko'zida qanday ko'ringan – unchalik yaxshi emas. Bizda hech kimga yoqmagan diktatura hukmron edi, biroq Evropada barchani dog'da qoldirardik. Bernabue imkonsiz narsani amalga oshirgan. U klubni xuddi oilasidek boshqargan. U futbolchilar va chet ellik o'yinchilar klub ramzi va ranglari nimani bildirishini tushunib etishlarini istagan. O'shanda Alfredo Di Stefano “Real”ga o'tgan va afsonamizga aylangan. U klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi. Maydonda istagan ishini qila olardi. Alfredo qiziq odam bo'lgan. Ko'p gapirishni yoqtirmasdi. Yana unga o'zini boshqa futbolchilar bilan taqqoslashlari yoqmasdi. Di Stefano va Bernabeu ajoyib hamkorlar bo'lishgan, oxirigacha. Ko'p yaxshi futbolchilar faoliyatlarini tugatishni hech qachon xohlashmaydi. Ular o'zlarini deyarli o'lmaydigandek tasavvur qilishadi. Yakunda oson bo'lmagan vaziyat yuzaga kelgan.

- Di Stefanoni o'g'irlashganini bilasizmi?

- Bilaman, uning o'zi bir necha bor menga bu haqida gapirib bergan.

- Venesuelada ozodlik jangchilari Di Stefanoning xonasiga kirib, jahonning eng yaxshi futbolchisini o'g'irlab ketishgan.

- Ha, u 3-4 haftacha yo'q bo'lgan. Alfredo o'zini o'g'irlaganlar bilan qarta o'ynaganini gapirib bergandi. Ular vahshiylik qilish niyatida bo'lmaganini aytgan.

- Ularda qurol bo'lgandir?

- Ha, bo'lgan. Alfredo o'g'rilarning juda yaxshi yigitlar ekanini aytgandi. Ular yaxshi munosabatda bo'lishgan. SHu sababli Di Stefano o'zini qo'yib yuborishlarini anglagan. Balki, o'g'rilarning qo'lida bandi bo'lish baribir yoqimli emas. U barcha narsalarni ikir-chikirigacha gapirmagan, ammo katta jabr ko'rmagan bo'lishi kerak.

- Ispaniyaliklar Bernabeu va Di Stefano tufayli Pako Xentodek qahramonni unutishgan deb o'ylaysizmi?

- Ha, bu haqiqat. SHunchaki Pako haligacha juda oddiy bo'lib qolgan. U o'zini qahramondek tutmagan, aslida esa shunday bo'lgan.

U “Rasing”dan kelgan paytlari juda tez emasdi. Xento tezligini nazorat ham qilolmasdi, burchakdagi bayroqdan oldin to'xtashga ulgurmasdi. Keyinroq bu muammoni hal qildi. Uning ortidan ulgurish juda qiyin edi, chunki Xento jismonan ajoyib ko'rsatkichlarga ega bo'lgan. Pushkash “Real”ga o'tganda ajoyib o'ynagan va ko'plab gollar urgan, ammo Pako singari tezkor futbolchilar o'sha paytlarda yo'q edi.

- U futbol tarixida Evropa CHempionlar Kubogida olti marta zafar quchgan yagona futbolchi sanaladi.

- Ha. Oxirgi mavsumda u uzun sochlar bilan o'ynagandi. Bernabeuga bu yoqmagan, u futbolchilar bunday ko'rinishini xohlamasdi. 1966-1998 yillar oralig'ida biz hech narsa yutmadik, ammo odamlar “Real”ning afsonaviy muvaffaqiyatiga ishonishardi.

-Visente Del Boske to'g'risida aytib bersangiz. “Real” hozirgi holatiga aynan Del Boske murabbiylikka kelgandan so'ng erishdi. U qanday futbolchi bo'lgan, maydonda nimalarni bajargan?

- U jamoaga maydon markazida surat qo'shgan, ammo hamisha xotirjamlikni saqlab, o'yin suratini nazorat qilardi. U bilan boshqa futbolchilar yaxshiroq ko'rinardi. Del Boske o'yin taqdirini o'zi hal qila olardi. Biror narsa o'xshamagan pallada hamma ko'zi bilan Del Boskeni qidirardi, unga to'p oshirishga intilardi. Ehtimol, futbolchi sifatida etibor markazida bo'lmagandir, ammo o'sha erda jamoadoshlari paydo bo'lishiga yordam bergan.

- “Real”ni shunchaki yoqtirmaysiz, balki sevgingizni ishga aylantirgansiz. Nega klub prezidenti bo'lishga qaror qilgansiz?

- Men qaror qilmaganman. Bunga tayyor bo'lish yoki harakat qilish imkonsiz. Barchasi asta-sekin sodir bo'ladi. Dastlab muxlissan, keyin klubga ishga kirasan. Jamoa hayotida qatnashasan, yig'ilishlarga borasan, direktorlar bilan muloqot qilasan. Peres ketadigan payt ko'p direktorlar nomzodimni qo'yishim lozimligini takidlashdi. Uzoq vaqtdan beri klubda ishlab ketishimni takidlashdi. Saylovda yutqazishimga amin edim, chunki raqobatchilarim kuchli shaxslar bo'lib, ulardan birini prezidentning o'zi va klub rahbariyati qo'llab-quvvatlagandi. Qanday yutganimni haligacha bilmayman.

O'shanda barchaga darhol tushuntirdim: yaxshi narsalarni qoldiraman – kuchli futbolchilar bilan shartnoma tuzish, homiylarni jalb qilish, sovrinlar yutish. Biroq o'shanda bir muhim jihatni unutgandik: maydonda nimalar bo'layotganiga etibor qaratish lozim bo'lgandi. O'yinchilar meni qo'llab-quvvatlashdi. Prezidentga aylandim va bir oyda jamoada 14 futbolchi almashdi. Bungacha “Real” tarixida ilk bor uch mavsum sovrinsiz qolib ketgandi. O'shanda Kapelloni taklif qildim. Jamoada tartibni yuzaga keltiradigan murabbiyga ehtiyoj sezgandik. Yana kiyinish xonasiga futbolchilar maydonga chiqishdan oldin o'qishi uchun shunday so'zlarni yozdirib qo'ygandim: “Agar kurashsak, yutishimiz mumkin. Aks holda, yutqazib bo'ldik”. Asosiy g'oyam shunda edi. iqtidor va texnika etarli bo'lmasa, ko'proq narsa kerak.

-Kapello bunday munosabat uchun eng ko'p mos keladi. U yaxshi futbolchi va keyin murabbiy bo'lgan. Unda siz aytgan xususiyatlar mavjud.

- Qo'shilaman. Aytgancha, men “rasmiy” nomzod emasdim. Klub elitasi, oliy rahbariyat “Real”ni o'zlariga tegishli deb hisoblashardi. Tasir o'tkazuvchi insonlarni basseyndagi akulaga o'xshataman. Biroq demokratiyaning ustun tarafi shuki, unda ovozlarni sotib olib bo'lmaydi. Men huquqshunosman, sudda himoya qilaman, ammo jamoa qurishni bilmayman. Hozirgi prezident esa muhandis. U tunnel va yo'llar qurishni bilardi, biroq “Real” singari jamoani qura olmasdi. O'yinchilar va ularning mehnatini hurmat qilgan holda yuqoridagi sabab tufayli uch mavsum sovrinsiz qolgandik. Ular prezident va direktorlar yuzaga keltirgan dahshatli tartibsizlikdan aziyat chekishardi. Ular mavsumdagi oxirgi o'yingacha qanday etib kelishgani men uchun tushunarsiz edi, to'g'risi. O'tgan yilning iyunida Anchelottini aynan “Real”ga kerakli mutaxassis sifatida takidlashgandi. Biroq uni negadir ishdan bo'shatishdi. Bu prezidentga ham tushunarsiz bo'lsa kerak. Matbuot anjumanida Peresdan nega Anchelottini bo'shatishgani to'g'risida savol berishganida u buni bilmasligini takidlagandi. Bu dahshat, axir.

Keyin turli mutaxassislarni taklif etishga urinishdi: Klopp, Mourino, Lyov – ular rad javobini berishdi. O'shanda klubga Benites keldi. Rafining peshonasiga klubda ko'p qolmasligi yozib qo'yilgandi, hamma uning yaxshi nomzod emasligini bilardi. Biroq boshqa odamning o'zi yo'q edi. Dekabrda prezident Benites to'g'ri qaror ekanligi, “Real” uchun muammo emasligi, Zidanning lavozimga tayinlanishi ko'rib chiqilmasligini elon qildi. 15 kundan keyin u umuman qarama-qarshi narsani gapirdi. O'shanda o'yinchilar nimani his qilganini tasavvur eting. Ular klubda nima yuz berayotganini umuman tushunishmadi. Zidan yagona aniq nomzod edi. Ikkinchi diviziondan keyin uni tayinlash tavakkal edi, lekin “Real”ga omad kulib boqdi.

Zidan juda aqlli murabbiy bo'lib chiqdi. O'yinchilar bilan juda yaxshi munosabatga kirishadi. U shogirdlari o'zini hurmat qilishin biladi, o'tmishda ajoyib futbolchi bo'lgan. Ishonaman, Zidan ikkinchi ligadan keyin birdaniga jiddiy stolga o'tirishga tayyor emasligini tushungan. Menga hadeb buni aytish qo'pollik ekanini aytishgan, ammo u ikkinchi diviziondan kelgan. Bu xuddi biror hududdagi kichik shahobcha bank menejerining birdaniga “Banco Santander”ning bosh vakillaridan birigi aylanishini bildiradi! G'alati emasmi?

- Faoliyatda ajoyib ko'tarilish.

- SHunday. U o'zini juda yaxshi tutdi. Zidan va jamoa – bir butun. “Real”ning omadi keldi, biroq bu katta ortga ketish bilan tugashi mumkin edi. Peres faoliyatining boshida ko'plab yaxshi narsalarni amalga oshirganini gapirganman. “Real” iqtisodiy tarafdan qo'rqinchli holatda edi va hech kim buni Pereschalik yaxshi hal qila olmasdi. U mashg'ulot majmuasini sotib, qarzlarni to'ladi va foyda oldi ham. Klub Figu, Bekxem, Ronaldoni sotib oldi. Bu mo'jiza edi. Biroq Peres muhim narsani yoddan chiqardi: ishini biladigan odamlarga erkinlik berish kerak. Alohida nimadir qilishning hojati yo'q: “Sevilya”dagi Monchi kabi professionallarni topish kerak.

- Biroq Bekxem “Real”ga kelgan davrda klub bilan faqat Superkubok yutdi. SHunday futbolchi klubdan sovrinlarsiz qaytib ketdi.

- Bunday darajadagi professionalni topish qiyin. U oxirgi kungacha “Real”dagi majburiyatlarini bajardi. Buning uchun undan minnatdorman.

- Siz Iguain, Pepe va Marselo bilan shartnoma tuzdingiz. Ulardan ikkisi haligacha jamoaning asosiy futbolchilari sanaladi.

- Yana Sneyder, Robben, Kannavaro; van Nistelroy bilan faxrlanaman. Bu futbolchilar “Real”ning muvaffaqiyatlarida muhim o'rin tutishdi. Kannavaro bizga jahon chempioni bo'lgach, sardor va “Oltin to'p” sohibi sifatida o'tdi. Van Nistelroy shunchaki ajoyib o'ynadi. Kapello Nistelroy bilan shartnoma tuzilganda hayratda qolgandi. Fabio Trezegeni xohlardi, “Yuventus”da birga ishlagandi. Lekin Miyatovich Ruudni tanlash kerakligini aytdi. Murabbiylar o'zi biladigan futbolchini istaydi, biroq jamoa uchun golland juda mos kelardi. Bu ajoyib tanlov bo'lgan deb hisoblayman. U butun kuchini berdi va etiborini o'yinga qaratdi.

- Bekxem va Nistelroyni “Manchester Yunayted”dan sotib oldingiz. Inglizlar bilan ishlash sizga yoqqanmi?

- Bu qiyin kechgan. Fergyuson Bekxemni sotishni istamagan, xuddi Krishtianu singari. Bilasizmi, futbol jamiyat uchun ko'p narsani anglatadi. Sizga bir voqeani aytib beraman. Bekxem bilan shartnoma tuzganimizda uning tanishtiruvini soat 11da amalga oshirishni istaganmiz. SHu paytda Osiyoda yangiliklar chiqardi, u bu erda juda mashhur edi. Bekxemning tanishtiruv marosimiga minglab jurnalistlar kelishdi. SHunday paytda futbol va Bekxem kabi insonlar qanchalik muhim ekanini tushunib etasan.

Bizning g'oyamiz shunda ediki, futbolchilar yaxshi bo'lishi bilan birga muxlislar uchun qiziqarli bo'lishi ham lozim edi. Biroq oxirgi paytlarda bu haqida unutib qo'yishdi. Fergyuson Devidni sotishga qiziqmagandi. Nistelroydan qutulishni esa ser Aleksning o'zi istagandi. Unga 12 million funt to'ladik, bunday darajadagi futbolchi uchun kam mablag'. Ronalduni qo'yib yuborishni xohlashmadi, ammo top-o'yinchilar hamisha qaerga istashsa, o'sha erga o'tishadi.

Robino bilan shunday holat yuzaga kelgandi. Krishtianuni taklif etishni xohlagan paytimiz u ofisga keldi va o'zini qo'yib yuborishimizni talab qildi. Ronaldu kelsa, u avvalgidek yulduz sanalmasdi. Bunday paytda prezident futbolchi emas, birinchi navbatda inson haqida o'ylashi darkor. O'yinchi klubda qolishni xohlamasa, uni qo'yib yuborish lozim. SHunda futbolchi va jamoa uchun ham yaxshi bo'ladi. Bu qancha ertaroq bo'lsa, uning uchun shuncha ko'p pul olish mumkin.

Krishtianu Fergyusonga “Yunayted”dan ketishni istashini aytganda ser Aleks uni “Barselona”ga taklif qilgan. Kataloniyaliklar bundan xursand bo'lib, yaxshi summa taklif etishgan. Biroq Ronalduning o'zi gap pullarda emasligi, u faqat “Real”ga o'tishni xohlashini takidlagan. Aslida u Madridga bir yil ertaroq kelishi lozim edi. Biroq Ronaldu qo'ng'iroq qilib, vaziyatni shunday tushuntirdi: “Kechirasiz, janob prezident, “Real”ga hozir o'ta olmayman. Fergyuson, klub va ishqibozlarni tashlab keta olmayman. Fergyuson men uchun xuddi otadek, bu erda ajoyib mavsumlarni o'tkazdim. Bu erda meni hozirgi darajadagi futbolchiga aylantirishdi. SHu sababli barchasini kelasi yil tashkil qilamiz”. Biz shunday qildik. U klub bilan “Real”ga o'tishi haqidagi bandni imzoladi. Uning uchun 80 million funt to'ladik.

- Sizningcha, o'zining “Real”ga qadri bo'yicha Ronaldu Di Stefanodan unchalik ortda qolmaydimi?

- U paytlarda futbol umuman boshqacha bo'lgan. Taqqoslash kerak emas. Biroq jahonda eng yaxshi bo'lish haqida ko'proq xohlaydigan boshqa biror o'yinchini ko'rmadim. Har kuni tongda Ronaldu kechagidan yaxshiroq bo'lish haqidagi o'y bilan uyg'onadi. Bunday ishtiyoqqa iqtidor, texnikani qo'shsang – oxirgi o'n yillarda boshqa biror futbolchini topib bo'lmaydi. Zidan, Maradona, Messi - ha, ular yaxshi futbolchilar; biroq men futbolga bunday munosabatda bo'ladigan odam yo'q deb o'ylayman. Menimcha, Krishtianuga bu mavsumda bildirilayotgan tanqidlar o'rinsiz. Bazan hayot adolatsiz. Balki, gap muxlislarimiz klubni ramzi yoki rangi bilan emas, balki muvaffaqiyat bilan bog'lashlari bo'lsa kerak.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика