"Real" himoyachisi: "Yaxshi himoyalanish sirini Italiyada o'rganganman. "Yuventus" va "Roma"dan minnatdorman"
04 noy 20:52
Yangiliklar
"Real" himoyachisi: "Yaxshi himoyalanish sirini Italiyada o'rganganman. "Yuventus" va "Roma"dan minnatdorman"
"Real" himoyachisi Din Xyoysen "Yuventus" va "Roma"ga rahmat aytdi.
"Men yaxshi himoyalanish sirini Italiyada o'rganganman. "Yuventus" va "Roma"dan juda minnatdorman. Mening ketishim ularning qarori bo'lgan. Ikkala jamoada ham ajoyib damlarni boshdan kechirganman. Ruhiy jihatdan hozir ajoyib holatdaman, bu erda ekanimdan mamnunman... Umid qilamanki, "Real" muxlislariga ko'p marta quvonch ulashaman", – dedi 20 yoshli ispaniyalik futbolchi.

Himoyachi 2021 yildan 2024 yilgacha "Yuventus"ning yoshlar va o'smirlar jamoalarida o'ynagan. 2023/24 mavsumining bir qismini esa "Roma"da ijarada o'tkazgan.
Xyoysen 2025/26 yilgi mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida 11 o'yinda qatnashib, 1 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar