Rayan Giggz: "Rahbariyat meni to'rt o'yinga boss etib tayinlagan"
27 apr 2014 01:24
Yangiliklar
Rayan Giggz: "Rahbariyat meni to'rt o'yinga boss etib tayinlagan"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan Rayan Giggz "Norvich"ga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Men bu g'alabadan rohatlandim. Ajoyib kun bo'ldi. "Manchester Yunayted" ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'ldi.
Kelajak? Men hozir boshqa narsalar haqida o'ylamayapman. CHempionatda qolgan o'yinlar haqida bosh qotiryapman. Endi jamoani "Sanderlend"ga qarshi o'yinga tayyorlashim zarur.
Rahbariyat menga: "Sen to'rt o'yinda jamoani boshqarasan" - deb aytgan.
Birinchi o'yinni o'tkazib oldik. Endi uchta bahs qoldi. Men qo'limdan kelgan barcha ishni amalga oshiraman.
Fikrlar