Rayan Giggz kelajagini muhokama qildi
02 may 2014 17:27
Yangiliklar
Rayan Giggz kelajagini muhokama qildi
Devid Moyes MYU bosh murabbiyligi lavozimidan chetlatilgach, mavsum oxiriga qadar Rayan Giggz jamoani boshqarib turadigan bo'ldi.
“Manchester Yunayted” Angliya chempionatining navbatdagi turini o'z maydonida “Sanderlend”ga qarshi o'tkazadi. Bu o'yin ertaga bo'lib o'tadi.
Jamoa etakchisi Ueyn Runining mazkur bahsda ishtirok etishi so'roq ostida. CHunki u hozir betob va davolanish bilan band. MYUni vaqtincha boshqarayotgan Rayan Giggz bu borada shunday dedi: “Bir nechta futbolchimiz betob, Anders Lindegaard bilan Runi shular jumlasidan”.
MYUni gollandiyalik murabbiy Lui van Gaal keyingi haftadayoq qabul qilib olishi mumkin. CHunki “qizil iblislar” rahbariyati o'z vaqtida “Ayaks, “Barselona” va “Bavariya”ni boshqargan mutaxassis bilan muzokara olib bormoqda. Xo'sh, van Gaal keladigan bo'lsa, Giggz yangi murabbiy shtabidan joy oladimi?
Bu haqda uelslik yulduz shunday deydi: “Hozircha hech narsa o'zgargani yo'q. Nima bo'lgan taqdirda ham, men o'z ishimni mavsum yakuniga qadar davom ettiraman. CHempionat tugaganidan so'ng esa bu mavzuni muhokama qilsak bo'ladi. Ayni paytda bor etiborim premer-liganing qolgan uchta bellashuviga qaratilgan”.
Rayan Giggz shuningdek, Robin van Persining holati borasida ham to'xtalib o'tdi. Malumki, golland hujumchisi 19 mart kuni “Olimpiakos” bilan kechgan bahsda uchta to'p kiritganidan so'ng jarohat olgandi. “Van Persi mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshladi, - deydi Giggz. - U “Sanderlend”ga maydonga tusha oladimi-yo'qmi, hozircha bir narsa deya olmayman”.
Rayan bundan keyin yana futbol o'ynashda davom etadimi? Bu haqda uning o'zi shunday dedi: “Yana maydonga qaytishim qiyin kechsa kerak. MYU safida 962ta uchrashuvda maydonga tushdim va buni etarli deb o'ylayman. O'zimga qolsa, to'p tepish niyatim yo'q emas, biroq yoshlarga joy bo'shatib berish fursati keldi. Masalan, Mataga qarang, u ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Yangi mavsum oldidan tarkibimizga Jon O’SHi, Ues Braun, Fil Bardsli kabi futbolchilar kelib qo'shilsa ajoyib ish bo'ladi”.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar