Rafael Benites: "Napoli" – "Roma"ni ikki marta mag'lub etgan yagona jamoa"
10 mar 2014 13:40
Yangiliklar


Rafael Benites: "Napoli" – "Roma"ni ikki marta mag'lub etgan yagona jamoa"
"Napoli" bosh murabbiyi Rafael Benites "Roma"ga qarshi o'yindan (1:0) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Napoli" – bu mavsumda "Roma"ni ikki marta mag'lub etgan yagona jamoa. Jamoa to'g'ri yo'ldan ketayotganini anglatadi. Ha, tarkibimizda muammolar bor edi, lekin bularga etibor qilmadik va g'alaba qozondik. O'zimiz ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda o'ynashda davom etayapmiz, bu ham faxrlanish uchun sabab", – deydi Benites Sky Sport Italia nashriga.

Fikrlar