Raboning onasi: "PSJ prezidenti o'z qo'llari bilan jamoani yakson qildi"
29 apr 2019 11:48
Yangiliklar


Raboning onasi: "PSJ prezidenti o'z qo'llari bilan jamoani yakson qildi"
PSJ yarim himoyachisi Adrien Raboning onasi Veronik Rabo jamoaning omadsizliklarida klub prezidenti Nosir Al-Helayfini aybladi.
"So'zlari uchun Atem Ben-Arfadan minnatdorman. U o'g'limni qo'llab-quvvatlamaganida hozir bu gaplarni aytmagan bo'lardim. Har doim atrofdagilarni hurmat qilish kerak. Agar bunday qilmasangiz qimmatga tushasiz. Bir kuni Adrien ham PSJga qarshi o'ynab, ularga muammo tug'diradi deb o'ylayman. CHunki bu hayot.
Klub prezidenti adolatsiz qaror qabul qildi, buni hamma biladi. U ushbu ishni amalga oshirib, jamoani zaxarladi va besh oydan so'ng natijani ko'rib turibmiz. Klub prezidenti o'z qo'llari bilan jamoani yakson qildi, chunki u insoniylik haqida unutdi" - deydi futbolchining onasi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar