So’nggi yangiliklar

12:24Илгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати 2-тур ўйинида ишлайди  0 12:12Ўзбек футболи фахрийси Валерий Лёткин вафот этди  1 11:53Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧда кимлар ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  7 11:34Абдурауф Бўриев Шотландия клубига ўтиши мумкин эди, бироқ...  3 11:20Марказий Осиё. Қозоғистонда энг қиммат футболчи ўзгарди, Тожикистонда "Истиқлол" 4-ўринга тушди, "Аркадағ" эса кубок ярим финалига чиқди  1 11:05“Ал Насср“ футболчиси АПЛ грандига ўтиши мумкин  0 10:37Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  1 10:10“Барселона“ йирик трансферни амалга оширишга яқин  5 09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  3 08:47Саудия Арабистоннинг бир йўлла учта жамоаси АПЛ юлдузига таклиф билан чиқишди  2 08:40КЖЧ. 39 ёшли Серхио Рамос "Интер" дарвозасига гол урди  0 08:20МЮ “Барселона“га супер таклиф билан чиқди  8 07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  27 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги ЖЧда юришини бошлайди  13

Quyi liga klublari uchun legionerlar to'lovi ikki barobar kamaytirildi Yangiliklar

Quyi liga klublari uchun legionerlar to'lovi ikki barobar kamaytirildi

2020 yilgi mavsumga qadar legioner futbolchilar uchun to'lovlar ikki xil ko'rinishga ega bo'lgan

O'zPFL belgilab bergan talablarga javob beruvchi legionerlar uchun 20 million so'm, javob bermaydiganlari uchun 100 million so'm.

2020 yilgi mavsum uchun reglament yozishda legioner futbolchilar saviyasi uchun futbol klublarining o'zi bevosita javobgar ekani inobatga olindi va barcha legioner futbolchilar uchun to'lov 50 million so'm etib belgilandi.

Pandemiya davrida futbol klublarida qiyinchiliklar bor ekani sir emas. Qolaversa, xorijdan bir qator futbolchilar O'zbekistonga kelib, quyi liga klublari sinovidan o'tishga harakat qilmoqda. Misol uchun, “Oq-tepa” futbol klubi mana shunday yo'l orqali Ibrohim Tomivani kashf qildi. Futbolchi quyi ligadagi uch uchrashuvdan keyinoq “Qizilqum”ga ijaraga berildi va u Coca Cola Superligadagi debyut o'yinidayoq gol urishga erishdi.

Virus sharoitida quyi liga klublarini qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zPFL ularning legioner futbolchilar uchun to'lovlarini kamaytirish taklifi bilan chiqdi hamda tashkilot Ijroqo'mining qo'llab-quvvatloviga erishdi. Endilikda mazkur klublar bu boradagi to'lovlarni ikki barobar kam miqdorda amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика