So’nggi yangiliklar

00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  0 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  0 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  0 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  0 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  5 22:54"Манчестер Юнайтед" ёш футболчисини сотиб юборди  0 22:38Бу даҳшат! Россия футболида рекорд қўйилди  2 22:01"Турли мамлакатлардан бўлган ҳакамлар битта вазиятни турлича кўришади". Ҳакамлик бўйича ФИФА инструктори Фарҳод Абдуллаев билан катта интервью  1 21:50Алексей Естафеев: "Биринчи бўлимда ҳушёрликни йўқотиб қўйдик"  1 21:47Анвар Бердиев: "Осон ўтмаган ўйинда ғалабага эришдик"  1 21:25Мартинес "Астон Вилла" билан шартнома имзолади  1 21:06БУМ! Роналду YouTube'да канал очди ва рекорд қўйди  3 20:52"CAFA U-17 Championship 2024". Ўзбекистон Эронни мағлуб этди  5 20:25Про лига. "Шўртан" "Дўстлик" устидан иродали ғалабага эришди  3 20:09Базаси футболчиларга тўлиб кетган "Челси" 50 млн еврога "Атлетико" футболчисини сотиб олди  3

Quvondiq Ro'ziev: “Qo'qonlik muxlislar uchun boringni bersang arziydi” Yangiliklar

Quvondiq Ro'ziev: “Qo'qonlik muxlislar uchun boringni bersang arziydi”

Yakuniga etgan mavsumni yuqori saviyada o'tkazgan futbolchilardan biri – Quvondiq Ro'ziev bo'ldi.

Qo'qonlik futbol muxlislarining yoqimtoyiga aylangan va jamoamizning muvaffaqiyatlarida o'zining katta hissasini qo'shgan Quvondiq Ro'ziev bilan qisqacha suhbatda bo'ldik.


– Quvondiq, tarixga aylangan 2018 yilgi mavsum siz uchun qanday o'tdi? “Qo'qon-1912” jamoasi o'yinlaridan va o'zingizning o'yiningizdan ko'nglingiz to'ldimi?
– Bu yilgi mavsum biz uchun qiyin kechdi. Superligada 12 jamoa qolgani har bir o'yinning jangovor ruhda o'tishini taminladi. O'tkinchi uchrashuvning o'zi bo'lmadi. Sababi har bir jamoa yuqori oltitalikka kirishni maqsad qilgandi. Birinchi oltitalikka kirga olmaganimizdan keyin jamoamizda qandaydir ruhiy tushkunlik hukmronlik qildi. Ketma-ket mag'lubiyatlar oxirgi o'ringa tushib qolishgacha olib keldi. Lekin mavsumning yakuniy qismida o'zimizni qo'lga olishga muvaffaq bo'ldik va ketma-ket qozonilgan g'alabalar evaziga Superligadagi o'rnimizni saqlab qoldik. Bu erda murabbiylarimizning mehnatlarini ham alohida takidlab o'tgan bo'lardim.

O'zim haqimda aytadigan bo'lsam, bu yilgi mavsumda o'yinimda o'sishga erishdim deb ayta olaman. Bosh murabbiymiz tayanch zonasidan hujumkor yarim himoyachi yoki hujumchi ortida o'ynatib ko'rdi. Yangi poziciyam menga ancha maqul keldi va o'yinimda o'zgarish sezildi.

– Bu yilgi chempionat yangi formatda o'tkazilgani ko'plab bahs-munozalarga sabab bo'ldi. Superliga formati sizga maqul bo'ldimi yoki eski format yaxshimidi?
– Bu yilgi format bir tomondan qiziqarli ikkinchi tomondan zerikarli bo'ldi. Birinchi bosqichda barcha kuchli oltilikka astoydil harakat qildi va o'yinlar shiddatli tarzda kechdi. Ikkinchi bosqichda chempionat saviyasi birdagina pasayib ketdi. Bunga sabab jamoalarning ikki guruhga bo'lingani deb bilaman. “Oltin ochko”lar qoidasi ko'plab jamoalarga, xususan bizlarga pand berdi. Kuchli oltitalikka kira olmagach, ko'p ochkolardan mahrum bo'ldik va ikkinchi bosqichda ancha qiynaldik. Boshqa tomondan ikkinchi oltitalikka kirgach, muxlislar tashrifi ham keskin pasaydi.

To'g'ri hammasi o'z qo'limizda edi. Ammo baribir shu “oltin ochkolar” qoidasini qayta ko'rib chiqish kerak. 12 ta jamoa qolgani chempionatdagi intrigani kuchaytiradi. Faqat shu bo'linishi biroz “o'xshamadi”. 12 jamoani hech qanday guruhlarga ajratmasdan o'ynatish tizimizni o'ylab topish kerakmikan. SHunda superliga mavqei yanada osharmidi deb o'ylayman.



– Siz ko'plab murabbiylar qo'li ostida o'ynagansiz. No'mon Hasanov haqida fikringiz qanday?
– Faoliyatim davomida Rustam Abdullaev, Mirko Yelichich va No'mon Hasanovlar qo'li ostida o'ynadim. No'mon Hasanov haqida faqat ijobiy fikrlarni bildirish mumkin. CHunki, bu mutaxassis har bir futbolchini qanday xususiyatga ega ekanligini yaxshi biladi va uning ochilmagan qirrarlarni kashf eta oladi. No'mon aka so'nggi ikki yilda Qo'qon futbolida katta ishlarni amalga oshirdi. Bunga misol sifatida Javohir Sidiqovning kashf etilishini ko'rsatish mumkin. Javohir ikki yil ichida milliy terma jamoa darajasidagi o'yinchiga aylandi. Bundan tashqari, Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov va Iqbol Malikjonov kabi o'yinchilarni ham No'mon akaning topilmasi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Ular o'rinbosarlar tarkibida o'zlarini ko'rsatishgandi, No'mon aka ushbu futbolchilarga imkoniyat berdi va Qo'qon futboliga yangi nomlarni taqdim etdi.
No'mon akaning ajoyib xususiyatlaridan biri futbolchining insoniyligini birinchi o'ringa quyadi. Qanchalik kuchli futbolchi bo'lmasin, xarakteri og'ir bo'lsa, jamoada olib qolmaydi. Kamtar, kamsuqum insonlarni qadrlaydi va ular bilan ishlashni yoqtiradi. No'mon aka hech qachon mag'lubiyatlarda biror futbolchini ayblaganini ko'rmaganman. O'z ustida tinimsiz ishlab og'ir vaziyatdan chiqib ketish yo'llarni qidiradi.

Jamoamiz murabbiyi Aziz To'xtaboev haqida ham to'xtalib o'tmoqchiman. Jamoamizdagi ajoyib muhit yuzaga kelishida Aziz To'xtaboev va No'mon Hasanovlarning hissalari beqiyos. Aziz aka kelajakda yaxshi murabbiy bo'lishiga ishonaman.

– Jamoada yaratilgan sharoitlar sizni qoniqtirmoqdami, moliyaviy muammolar bo'lmadimi?
– Jamoamizning sharoitlar qoniqarli darajada. Birgina muammo so'nggi turga kelib, o'yingohimiz bilan yuzaga keldi. CHiroyli futbol namoyish etishimizga maydonning holati halaqit berdi. Eshtishimcha, “Markaziy” stadionidagi chim yangilanayotgan ekan. O'ylaymanki, Markaziy” stadionning maydoni yangi mavsumda chiroyli ko'rinishga ega bo'ladi.
Moliyaviy qiyinchilik har bir jamoada bo'lgan. Bizda ham ikkinchi bosqich boshida biroz moliyaviy tomondan muammolar bo'ldi, lekin klubimiz rahbarining uddaburonligi sababli barcha qiyinchiliklar bartaraf etildi.

– Kelgusi rejalaringiz haqida o'rtoqlashsangiz?
– Xabaringiz bor, huquqiy jihatdan “Lokomotiv”ga tegishli edim. “Qo'qon-1912”da ijara asosida to'p surdim. Yil so'nggida shartnomam o'z poyoniga etadi va men erkin agentga aylanaman. Hozir uch-to'rt jamoadan takliflar bo'lyapti. Lekin hali yakuniy qarorga kelganim yo'q. Albatta birinchi navbatda “Qo'qon-1912” jamoasi rahbariyati va bosh murabbiyimiz bilan maslahatlashaman. Hozircha biroz hordiq chiqarmoqchiman.

Fursatdan foydalanib, jamoamizni har qanday holatda qo'llab-quvvatlab kelgan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman. Mana shunday ishqibozlar uchun maydonga tushib, boringni bersang arziydi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика