So’nggi yangiliklar

23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  7 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1

Quvayt va Livan futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga yo'l olgan dastlabki ikki jamoa Yangiliklar

Quvayt va Livan futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga yo'l olgan dastlabki ikki jamoa

2020 yilning 24 fevral - 10 mart kunlari Turkmanistonda futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Hozirda mazkur musobaqaga saralash o'yinlari faqat G'arbiy mintaqada start olgan. Kelasi yil qita birinchiligida 16ta jamoa ishtirok etadi va yakunda kuchli beshlikdan joy olgan jamoalar 12 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Litvada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanma olishadi. 

G'arbiy mintaqada kecha bo'lib o'tgan o'yinlardan so'ng Osiyo chempionatiga yo'l olgan dastlabki ikki jamoa nomi malum bo'ldi. Bular - Quvayt va Livan. Malumki, G'arbiy mintaqada saralash bahslari ikki guruhga bo'lingan holda o'tkazilyapti. 

Har bir guruhda birinchi-ikkinchi o'rinlarni qo'lga kiritgan, shuningdek 3-o'rin egalarining o'zaro bahsida g'olib chiqqan jamoa (jami 5ta jamoa) Osiyo chempionatiga boradi. Saralash bahslariga Bahrayn mezbonlik qilmoqda. 

Kecha garchand Quvayt mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, ikkinchi o'rindan pastga tushmasligi malum bo'ldi. Livan esa Saudiya Arabistonini mag'lub etib Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

"A" guruhi - Quvayt, Iroq, Bahrayn, BAA, Falastin. 

"B" guruhi - Livan, Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon. 


"A" guruhi o'yinlar taqvimi: 

1-tur. 16 oktyabr

Quvayt - Falastin 7:1. BAA - Bahrayn 3:3

2-tur. 17 oktyabr

Falastin - Iroq 3:6. Quvayt - BAA 4:1

3-tur. 18 oktyabr

Iroq - Quvayt 1:4. Bahrayn - Falastin 4:1

4-tur. 19 oktyabr

BAA - Iroq 3:2. Bahrayn - Quvayt 2:0

5-tur. 20 oktyabr

Falastin - BAA, Iroq - Bahrayn


"B" guruhi o'yinlar taqvimi: 

1-tur. 16 oktyabr

Livan - Ummon 10:2. Qatar - Saudiya Arabistoni 2:5 

2-tur. 18 oktyabr

Ummon - Qatar 3:0. Saudiya Arabistoni - Livan 1:2 

3-tur. 20 oktyabr

Livan - Qatar, Saudiya Arabistoni - Ummon


Pley-off. 22 oktyabr

"A"-3 - "B"-3

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика