"Qurada kuchli raqib tushdi, lekin yaxshi tomoni, mavsumni uyda boshlaymiz" - Yorqin Nazarov
08 fev 2023 12:53
Yangiliklar
"Qurada kuchli raqib tushdi, lekin yaxshi tomoni, mavsumni uyda boshlaymiz" - Yorqin Nazarov
Jizzaxliklar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov qura va raqib haqida quyidagicha fikrlarni bildirdi.
"Birinchi o'yinimizni "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazamiz. Kuchli raqib, deya olaman. Bu jamoa bir necha karra O'zbekiston chempioni, OCHL yarim finallarida qatnashgan. Yaxshi tarafi, mavsumni uyda boshlashimiz. Umuman olganda, hozir Superligada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q.
Quraning qulay kelgani aytganimdek, Jizzaxda, muxlislarimiz oldida to'p tepamiz. Ammo baribir ketma-ket xamma jamoaga qarshi maydonga chiqamiz. SHu bois birinchi turda kim bilan o'ynashimizni taxmin ham qilmagandik.
Endilikda albatta "Bunyodkor"ning o'yinlarini kuzatamiz, o'rganib chiqamiz. Uyimizdagi bahsga yaxshi darajada tayyorgarlik ko'ramiz", – deydi Yorqin Nazarov.
Fikrlar