So’nggi yangiliklar

18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" (матнли трансляция)  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  6 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  13 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  109 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  6 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  14

Qozog'iston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi kechgan so'ngi o'rtoqlik o'yinlarida yoshlarimizga imkoniyat bergan edik. Mundialga esa eng kuchli tarkibimizni olib kelamiz" Yangiliklar

Qozog'iston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi kechgan so'ngi o'rtoqlik o'yinlarida yoshlarimizga imkoniyat bergan edik. Mundialga esa eng kuchli tarkibimizni olib kelamiz"

Qozog'iston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Rikardo Kaka FIFA futzal Jahon chempionati-2024 musobaqasiga qura tashlash marosimidan so'ng turnir haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi

- Qozog'iston terma jamoasining guruhdoshlari haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Oson guruhdan joy olganimiz yo'q. Barcha raqiblarga qiyin bo'ladi. Bugungi qurada birinchi bo'lib kimga qarshi o'ynashimizni bilib oldik. Yangi Zellandiya Jahon chempionatida yangi ishtirokchi. Liviyani ham yangi nom deb aytsak bo'ladi, ammo ularda mahorat va tajriba yuqoriroq. Ispaniya terma jamoasini tanishtirishing hojati yo'q.  Ispaniya va Qozog'iston terma jamoalarda "qog'oz"dagi favoritlar.

- Qozog'iston futzal terma jamoasi so'ngi mundialda to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgandi va alamli tarzda medallardan quruq qolgandi. O'zbekistonda o'tkaziladigan musobaqada jamoangizning maqsadi qanday? Qozog'iston terma jamoasi yana medallar uchun kurashadimi?

- Maqsadimiz so'ngi Jahon chempionatidagi natijani yaxshilash. Biz har doim g'alaba uchun parketga chiqamiz. To'plagan tajribamiz bizga yordam beradi degan umiddaman.

- O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari pley-off bosqichida bir-biriga to'qnash kelishi mumkin? Ushbu potencial bahs haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Guruh bosqichidagi uchta uchrashuvni o'tkazib olaylik. Pley-offda kim raqibimiz bo'lishi ham hali noaniq.

-  Qozog'iston terma jamoasi so'ngi o'rtoqlik uchrashuvlarida asosan yosh futzalchilarga bilan harakat qilmoqda. O'zbekistonga qarshi kechgan so'ngi o'rtoqlik o'yinida tarkibda yosh futzalchilardan iborat edi. JCHda ham yosh futbolchilarga imkoniyat berasizmi yoki mundial tarkibda rotaciya qiladigan vaqt emasmi?

- Jahon chempionatida eskperimentlar qilinadigan musobaqa emas. Mundialga eng kuchli futzalchilarimizni olib kelishimiz aniq. O'rtoqlik uchrashuvlarida tarkibni o'zgartirdik ko'rdik. Jahon birinchiligida bor yo'g'i 14ta futzalchi ishtirok eta olamiz. SHu sababli, yoshlarni o'ylashga imkoniyatimiz yo'q.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика