Qoyil! Uoker ECHLda so'nggi uch yil ichida seyv ijro etgan ilk ingliz darvozaboni bo'ldi
07 noy 2019 11:31
Yangiliklar
Qoyil! Uoker ECHLda so'nggi uch yil ichida seyv ijro etgan ilk ingliz darvozaboni bo'ldi
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker ilk bor darvozabon qo'lqoplarini sinab ko'rdi va tarix yaratdi.
Ikkinchi taym boshida Klaudio Bravo Edersonni almashtirdi. Ammo, u o'yin so'nggilariga yaqin jarima maydonchasi tashqarisida qoidani buzdi va qizil kartochka olgan holda maydondan chetlatildi.
Bunga qadar zaxirada darvozabon qolmagan edi. "Siti" darvozabonlari murabbiyining tavsiyasi bilan Kayl Uoker darvozani qo'riqlash uchun zaxiradan tushirildi.
SHundan so'ng jarima zarbasini Ruslan Malinovskiy ijro etdi. Ammo, Kayl seyv qilgan holda ECHLdagi so'nggi 3 yil ichida seyv ijro etgan ilk ingliz darvozaboniga aylandi.
Fikrlar