So’nggi yangiliklar

00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  2 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  2 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  1 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  0 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  19 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  24 20:32Дунёнинг етакчи лигалари ФИФАни судга бермоқчи  4 20:15"Локомотив" "SWM Motors" билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  1 20:00Руслан Аҳмедов: "Биз натижа учун ўйнаяпмиз. Чиройли ўйин иккинчи даражали"  1

“Qosimovning oyog'iga to'p tushsa hayiqib turardim” yoxud beshta terma jamoani JCHga olib chiqqan Milutinovich haqida Yangiliklar

“Qosimovning oyog'iga to'p tushsa hayiqib turardim” yoxud beshta terma jamoani JCHga olib chiqqan Milutinovich haqida

Teglar :  Bora Milutinovich
Ko'pchilik yoshi katta muxlislar serbiyalik murabbiy Bora Milutinovichni tanishlariga shubhamiz yo'q.

O'z vaqtida ushbu mutaxassis Meksika, Kosta Rika, AQSH, Nigeriya va Xitoy terma jamoalarini jahon chempionatiga olib chiqqan. Bundan bir necha yillar oldin terma jamoamiz Mirjalol Qosimov boshqaruvi vaqtida maslaxatchi murabbiy sifatida taklif qilingan edi. Biroq, ayrim sabablarga ko'ra kelishuv amalga oshmagandi. Bugun taniqli va tajribali futbol professorining hayot chizgilariga, faoliyatiga nazar solish istagi tug'ildi.

Bora Milutinovich 1944 yilda tug'ildi. Futbolchilik faoliyatini o'sha vaqtlarda mashhur bo'lgan Yugoslaviyaning OFK “Partizan” klubida boshlaydi. Yosh Boradagi chaqqon, tez va abjir harakatlar boshqa mamlakatlar skautlarini o'ziga jalb qiladi. Faoliyatining dastlabki olti yilini mahalliy chempionatlarda o'tkazgan futbolchi hayotida kutilmagan burilish yuz beradi. 1967 yilda “Monako” jamoasiga ko'chib o'tgan iqtidor ikki mavsum davomida jami 44ta uchrashuvda maydonga tushadi va raqiblar darvozasini uch bor ishg'ol qiladi. Keyingi yillarda u “Nica”safida harakat qilsada ko'p ham uchrashuvlarda qatnashmaydi. Franciyada asosiy vaqtini zahirada o'rindig'ida o'tkazishga majbur bo'ladi. Natijada Meksika chempionatiga ketadi va besh yilga yaqin “Unam Pumas” jamoasi sharafini himoya qiladi. Aytish mumkinki,butsalarini mixga ilgan yarim himoyachi anynan shu erda o'z iqtidorini qisman bo'lsada namoyish qilishga erishadi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagan Milutinovich 1977 yildan etiboran mazkur klubda murabbiylikdagi ilk qadamlarini qo'yadi. 

1983 yilda Meksika milliy terma jamoasini bosh murabbiyiga aylanadi va jamoani 1986 yilgi mundialga tayyolaydi. Jahon chempionatida shu yurt vakillarini murabbiy sifatida boshqargan mutaxassis juda yaxshi natija qayd etadi. Guruhdan chiqqan Meksika 1/8 finalda Bolgariyani 2:0 hisobida taslim qiladi. CHorak finalda Franc Bakenbauer etakchiligidagi Germaniya bilan 120 daqiqa tengma-teng kurashib faqat penaltilar seriyasida imkoniyatni boy beradi. 1990 yilgacha Argentinaning “San-Lorenco” va Italiyaning “Udinize” klublarida ishlagan murabbiy tez orada yana terma jamoaga qaytadi. Bu safar Kosta-Rikani mundialda boshqaradi va pley offga qadar etib boradi. Borgan sari Bora Milutinovichga qiziqish ancha ortadi va ko'plab jamoalardan chorlovlar oladi. 1991 yilda AQSH terma jamoasi boshqaruvini qo'liga oladi va besh yil mobaynida ustozlik qiladi. 1994 yilgi Jahon chempionatiga olib chiqqan murabbiy yana pley offda o'z yurishini to'xtatadi. Uning galdagi jamoasi o'zi uchun biroz notanish va butkul boshqacha Nigeriya edi. Maxoratli mutaxassis annasiga sodiq qolgan holda Afrika qitasi vakilini ham 1998 yilgi jahon chempionatiga olib chiqadi. 

Yangi asr boshlanishida Xitoy futbol hukumati murabbiyga taklif bilan chiqdi va shartnoma imzoladi . Saralash bahslarida Xitoy guruh bosqichida birinchi o'rinni qo'lga kiritadi va o'z tarixida ilk bor har to'rt yillikning nufuzli musobaqasiga yo'llanma oladi. Qizig'i, hal qiluvchi bosqichda Vladimir Salkov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi Xitoy bilan bir kvartetdan joy olgandi. SHenyandagi birinchi bahsda Milutinovich shogirdlari bizga hech qandan imkoniyat qoldirmaydi. Amalda bachasini ijobiy hal qilgan xitoyliklar so'ngi turda Toshkentda 1:0 hisobida mag'lub bo'lishadi. 2002 yilgi mundialda Xitoy yomon ko'rsatkich qayd etmaydi. Aytishlariga qaraganda murabbiy jamoani jahon chempionatiga olib chiqa olmasa qadim o'tmishga ega Buyuk Xitoy devoridan o'zini tashlashini malum qilgan. To'g'ri keyinroq uning o'zi bunday demaganini, xitoylik jurnalistlar buni to'qib chiqarishganini malum qilgandi. Amalda Milutinovich vadasini ustidan chiqadi va Xitoyni mundialga olib boradi. 

Bu paytga kelib serbiyalik mutaxassis rekod o'rnatadi. Yani beshta turli terma jamoa bosh murabbiy sifatida jahon chempionatida eng ko'p ishtirok etgan murabbiy bo'lib tarixga kiradi. U bir vaqtning o'zida ikkinchi rekordni qayd etadi. Beshta boshqargan jamoalaridan to'rttasi musobaqa pley off bosqichiga chiqadi. Garchi, keyingi yillarda Gonduras, Yamayka termalarida ishlaganiga qaramasdan muvaffaqiyatli natijalarga qayd etmaydi.

Milutinovich so'ngi marotaba 2009 va 2010 yillarda Iroq terma jamoasini boshqardi. SHundan so'ng boshqa biron bir jamoada ko'rinish bermadi. Hozirga kelib mana bir necha yildan beri Qatardagi futbol akademiyalaridan birida ishlab kelmoqda.

JCH – 2014 vaqtida u terma jamoamiz va Mirjalol Qosimov haqida quyidagi fikrlarni bildirgandi.

“Xitoy terma jamoasini boshqargan davrimda O'zbekiston bilan yo'llarimiz kesishgandi. Darhaqiqat, o'sha vaqtlari Mirjalol Qosimov yuqori darajada to'p tepardi. Ochig'i, uning oyog'iga to'p tushsa hayiqib turardim. CHunki, etiborsiz qoldirsangiz oxiri nima bilan yakunlanishini bilasiz. SHogirdlarimga unga etiborliroq va hushyorroq bo'lishlarini takidlardim. Jamoangiz Braziliyadagi jahon chemionatiga borishga haqli edi. Natija yo'lida esa biroz sabrliroq bo'lishingiz talab etiladi”,- degan edi.


SHuningdek, Vadim Abramov haqida ham samimiy va iliq so'zlarni aytgandi. 2015 yil Abramov murabbiyligidagi “Lokomotiv” safarda Qatarning “Al Sadd” klubiga yirik hisobda mag'lubiyatga uchragandan so'ng munosabatini bildirgandi.

“Abramovning ko'rsatmalari to'g'ri bajarilsa uni engish juda qiyin. Futbolchilar murabbiyning uslubini to'g'ri tushuna olsa hammasi yaxshi bo'ladi. “Lokomotiv” mintaqangizdagi jismonan va taktik jihatdan kuchli jamoa sanaladi”.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика