So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  3 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  5 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Qosimov qaytgach "Bunyodkor"da nimalar o'zgardi? (Mulohaza) Yangiliklar

Qosimov qaytgach "Bunyodkor"da nimalar o'zgardi? (Mulohaza)

Mirjalol Qosimovning “Bunyodkor”ga qaytib ish boshlaganiga uch oydan oshdi.

Murabbiylikni dastlab “Mashal” o'rinbosarlari bilan ishlab yo'lga qo'ygan, keyinchalik “Bunyodkor” va O'zbekiston milliy terma jamoasida davom ettirgan murabbiyning faoliyatida biroz uzilish bo'lgandi. Yakunda uch yillik tanaffusdan so'ng Mirjalol Qo'shoqovich yana qadrdon jamoasiga qaytib, endilikda “qaldirg'ochlar”ni boshqarmoqda. Albatta, boshqa murabbiylar qatori Qosimovning ham “Bunyodkor”dagi ishiga yil so'nggida baho bergan maqul, lekin u bazi o'zgarishlarni amalga oshirdiki, bu haqda bugun gapirsak ham bo'ladi.

Omadsiz debyut 

Yangi murabbiy qo'l ostida “Bunyodkor”ning ilk o'yini safarda “SHo'rtan”ga qarshi kechdi. Jamoa bungacha Sergey Lushan qo'l ostida oliy ligada sakkizta o'yinda maydonga tushib, shundan ikkitasida g'alaba qozongan, to'rtta o'yinda durang o'ynagan holda, ikki bor yutqazib qo'ygandi. SHunday bo'ldiki, “Bunyodkor” to Mirjalol Qosimov kelguniga qadar uydagi oxirgi uch o'yinda g'alaba qozona olmadi. Bundan tashqari, jamoa uy uchrashuvlarida bittadan ko'p to'p kirita olmayotgandi.

“Bunyodkor” o'z maydonida “Metallurg” bilan (o'shanda “Metallurg” turnir jadvalining quyi qismida borayotgandi) durang qayd etgach, klub rahbariyati Lushanni istefoga chiqardi va uch yillik tanaffusdan so'ng yana Mirjalol Qosimovni bosh murabbiylikka qaytardi. Ishni boshlab olish Qosimov uchun oson kechmadi. G'uzordagi o'yinda “Bunyodkor” 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. SHu tariqa “SHo'rtan” bu yil o'z maydonida Toshkentning uchala kuchli klubi - “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Bunyodkor”ni gol o'tkazmasdan mag'lub etgan Qashqadaryoning ilk jamoasi bo'ldi.

“Biz mag'lubiyatga loyiq emasdik, shunchaki futbolchilarimizda tajriba etishmadi. Keyingi bahslarda xatolar ustida ishlashga harakat qilamiz. Agar futbolchi 16-17 yosh bo'lsa ularni yosh desa bo'ladi, lekin 20dan o'tdimi, yosh deyish kerak emas”, - degandi Qosimov “SHo'rtan”ga qarshi uchrashuvdan keyin. Bundan tashqari, bu bahs Mirjalol Qosimovning “Bunyodkor” bosh murabbiyi sifatida oliy ligadagi 120-o'yini bo'ldi.


G'alabaga erishish oson emas 

Keyingi ikki turda “Bunyodkor”ni jiddiy raqiblar kutib turgandi. Uyda “Paxtakor”ga qarshi Toshkent derbisi va safarda “Navbahor” bilan o'yin. Sergey Lushan o'zidan keyingi hamkasbiga birmuncha yosh jamoani qoldirib ketdi. “Bunyodkor” tarkibi oliy liga klublari orasida eng yosh tarkib bo'lib qoldi. Maqsad - oliy, lekin tarkib yosh, nima qilish kerak? Buyoqda chempionat davom etyapti, hali zamon Kubok o'yinlari ham boshlanib qoladi. Hech kim “Bunyodkor” futbolchilari yana biroz o'ssin, o'yinlarni keyin davom ettiramiz demaydi. Qosimov bularni bilardi, ammo ishlamasa ham bo'lmasdi. U birinchi galda ishni sizlar endi yosh bola emassizlar degan fikrni futbolchilar miyasiga quyishdan boshladi. Vaqt o'tib o'yinchilar bunga ko'nika borishdi va o'z kuchlariga bo'lgan ishonch hissi orta boshladi.

Ammo navbatdagi ikki o'yinda ham “Bunyodkor”ga g'alaba qozonish nasib etmadi. Jamoa o'z maydonida “Paxtakor”, safarda “Navbahor” bilan bir xil 1:1 hisobini qayd etdi. Qizig'i shundaki, ikkala bahsda ham “Bunyodkor” jarima to'pidan gol o'tkazib yubordi. Toshkentda “Paxtakor” futbolchisi Stanislav Andreev, Namanganda mezbonlar sardori Dilshod Jabborov jarima to'pidan juda chiroyli foydalanishdi. Bu ikki o'yin va albatta darvozabon Murod Zuxurovning xatosi murabbiy tabini xira qildi. “Namangandan g'alaba bilan qaytishimiz mumkin edi, biroq Zuxurovning qo'pol xatosi tufayli o'yin oxirlarida gol o'tkazib yubordik”, - dedi Mirjalol Qosimov o'yindan keyin. 

Yo'qolgan raqobat 

“Paxtakor”ga qarshi poytaxt derbisidan so'ng Qosimov bir gapni aytib o'tdi. Yani, jamoada raqobat yo'qolgan dedi. “Futbolchilarga ruhiyat etishmayapti, ular gol urgach ham, o'tkazgandan so'ng ham bo'shashib ketyapti. “Bunyodkor” o'nta o'yinda 7ta gol urib, o'z darvozasidan 8ta to'p o'tkazib yubordi. Bu juda xunuk natija. Bundan tashqari, jamoamizda raqobat yo'qolgan. Eldor SHomurodov, Akrom Komilov, Murod Zuxurov, Doston Hamdamov singari futbolchilarda raqobat yo'q, shu bois ular bir joyda qotib qolishdi. Ular qancha yomon harakat qilmasin, baribir keyingi o'yinda maydonga tushishlarini biladi, chunki ularning o'rniga o'ynab beradigan boshqa o'yinchi yo'q” - deya fikr bildirgandi murabbiy “Paxtakor” bilan o'yindan keyin.

Qosimov shuningdek, Eldor SHomurodovni ham ko'p marta tanqid qildi, uning birinchi davrada atigi bitta gol urganini ro'kach qilaverdi. Natijada nima bo'ldi? Eldor jimgina narsalarini yig'ishtirib imkon borida “Rostov”ga jo'nab qoldi. Bu orada Qosimov shu paytgacha o'rinbosarlar tarkibida o'ynab kelgan 19 yoshli Farrux Ikromovni maydonga tushira boshladi. “Paxtakor”ga qarshi bahsning 90-daqiqasida maydonga tushgan 15-raqamli futbolchi garchi ozg'in ko'ringani bilan abjirligi evaziga tezda ko'zga tashlandi.

Samarali Kubok o'yinlari 

Agar chempionat shu tarzda davom etganida “Bunyodkor”ga yanada qiyin bo'lishi turgan gap edi, futbolchilar sal o'zlariga kelib olishi hamda murabbiy nimani xohlayotganini anglab etish uchun ularga boshqa, yani bosimi uncha yuqori bo'lmagan o'yinlar kerak edi. O'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishga vaqt yo'q, nima qilsa bo'ladi? Qosimovning baxtiga bu orada Kubok nimchorak final o'yinlari o'tadigan bo'lib qoladi. “Bunyodkor”ni yana G'uzor safari kutib turardi. Lekin oliy ligadan farqli o'laroq Kubok bahsida omad “Bunyodkor” tomonida bo'lib, ular safardan 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytishdi. Va gollardan biriga biz yuqorida aytib o'tgan yosh iqtidor egasi Farrux Ikromov mualliflik qildi.

G'uzordan qaytgach jamoa Namanganga otlandi va 1:1 o'ynab qaytdi. Keyin esa uyda “SHo'rtan”ga qarshi Kubokning javob bahsini o'tkazdi. Javob o'yinida “Bunyodkor” 3:0 hisobida zafar quchdi. Bungacha deyarli har o'yinda gol o'tkazib kelgan “Bunyodkor” “SHo'rtan” bilan ikkala o'yinda ham o'z darvozasi daxlsizligini saqlay oldi. Bu esa albatta Qosimovni xursand qilmay qo'ymadi, chunki uning nazdida jamoa mana endi o'ziga kelayotgandi. Esimda, o'yindan keyingi matbuot atjumanida Mirjalol Qo'shoqovich, va nihoyat o'zimiz xohlagan futbolni namoyish qila oldik degandi.


Buxorodagi "triller"

Kubokda “Bunyodkor” “SHo'rtan”ni musobaqadan chiqarib yuborgach, oliy liga 13-tur doirasida “Qo'qon-1912”ni ham mag'lub etdi. Jamoada kayfiyat ancha yaxshi bo'lib qolgandi. Ammo keyingi turda hammasi dahshatli ko'rinish oldi. Jamoaning Buxoroga safari 2:4 hisobidagi mag'lubiyat bilan tugadi. “Buxoro” shunday chiroyli o'yin namoyish etdiki, oqibatda 15 daqiqa ichida uchta to'p kiritishga erishdi. “Bunyodkor” futbolchilari xuddi yoppasiga kaltaklangan bolalarga o'xshab qoldi. Aftidan ularni Kubok bahslarida “SHo'rtan”dan gol o'tkazib yubormagani xursand qilib yuborgan ko'rinadi. O'yindan keyin Qosimov yana avvalgi so'zlarini takrorladi: "Jamoada raqobat yo'q".

Vaziyatdan chiqib ketish 

Jamoada murabbiyning roli (yoki o'rni deymizmi) qachon seziladi? Qachonki qiyin vaziyatlardan jamoasini olib chiqib keta olsa. Buxorodagi “triller”dan so'ng hamma tushkun kayfiyatga tushib qolgandi, lekin Qosimov yigitlarni ruhlantira oldi. CHunki oldinda “Lokomotiv” bilan bo'ladigan markaziy o'yin kutib turardi. Agar murabbiy kuchli bo'lsa, og'ir hollardan o'z jamoasini ustamonlik bilan olib chiqib ketadi. Qosimov mana shu erda o'z so'zini aytishi kerak edi va aytdi ham. “Lokomotiv” - amaldagi chempion, qolaversa bungacha qatorasiga to'qqiz o'yindan beri yutqazmay kelayotgandi. Ammo “Bunyodkor” g'ayrat ko'rsatib chempionni 1:0 hisobida mag'lub eta oldi.

Keyinchalik “Bunyodkor” 3-turning qoldirilgan o'yinida “Nasaf”dan ham ustun keldi - 3:2. Bundan tashqari, O'zbekiston Kubogining chorak final bosqichida “Neftchi”ni xuddi “SHo'rtan” kabi ikkala uchrashuvda ham mag'lub etdi. SHu tariqa jamoa yarim finalga yo'l oldi va yarim finalning birinchi o'yinida “Dinamo” bilan durang o'ynadi. Aytish mumkinki, “Bunyodkor” mana shu o'yinlar orqali qiyin vaziyatdan chiqib ketdi.

Eski futbolchilarning qaytishi 

Davralar oralig'ida boshqa murabbiylar qatori Mirjalol Qosimov ham tarkibni kuchaytirish ishlarini olib bordi. Boshqa klublardan farqli o'laroq “Bunyodkor” negadir avval klubda o'ynab ketgan futbolchilarni qaytardi. Albatta, darvozabon Suhrob Sultonov bilan hujumchi SHohruz Norxonov uchun “Bunyodkor” yangi klub bo'ldi. Ammo Anvar G'ofurov, Sardor Sobirxo'jaev, Vohid SHodiev, SHoxruh Gadoev singari futbolchilar “eshitib bo'lingan kuy” edi va Qosimov nimaga ularni yana qaytardi hayronmiz. 

Ikkinchi davraning dastlabki ikki turi orqali klubga yana qaytganlardan G'ofurov bilan Gadoevdan nimadir umid qilsa bo'lar, ammo Sobirxo'jaev va SHodiev nima karomat ko'rsata olishadi, hayronmiz. Tanishtiruv marosimida nima uchun oldin o'ynab ketganlar jamoaga qaytarildi degan savolga Qosimov shunday javob berdi: “Men bu o'yinchilarni juda yaxshi bilaman va ularning jamoamizga foydasi tegishiga ishonaman. To'g'ri, hozir SHodiev formada emas, lekin u jismoniy holatini tiklab olsa yana o'yinga tushadi va bosh bilan gollar ura boshlaydi”.


G'alati boshlangan ikkinchi davra

“Bunyodkor” ikkinchi davrani safarda “So'g'diyona”ga qarshi bahs bilan boshladi. O'yin qiziqarli kechdi, bir tomonda Qosimov jamoasi, bir yoqda Jizzaxda yangi ish boshlagan Igor SHkvirin shogirdlari. Lekin uchrashuvda hisob ochilmadi. “Lokomotiv” 4:0 hisobida mag'lub etgan “So'g'diyona”ga “Bunyodkor” birortayam to'p kirita olmadi. O'yindan keyin Qosimov o'z futbolchilarini yugurmaganlikda aybladi: “Futbolni yugurib o'ynash kerak, shunchaki yurib g'alaba qozonib bo'lmaydi. Men shogirdlarimdan umuman qoniqmadim. Futbolchilar “Qo'qon-1912”, “Lokomotiv” “Nasaf” kabi klublarni mag'lub etib “So'g'diyona”ni ham osonlik bilan yutamiz deb o'ylashdi”.

Undan keyin “Bunyodkor” o'z maydonida “Olmaliq” bilan o'ynadi va Viktor Kumikov jamoasi ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu o'yinni qiziqarli kechdi deb bo'lmaydi. Xavfli vaziyatlar kam yaratildi, o'yinda yuqori tezlik ko'rinmadi, ammo natija “Bunyodkor” tomonida bo'ldi. Endi jamoa keyingi turni safarda “Nasaf”ga qarshi o'tkazadi va bu bahs ham Qosimov uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa o'rnida 

Mirjalol Qosimov “Bunyodkor”ga kelganidan beri jamoaga o'zgarish kirita oldi. Xususan avvalo futbolchilarning o'z kuchiga bo'lgan ishonchini qaytardi. Oliy liga va Kubok bahslarida g'alabalar qo'lga kiritildi. Jamoa Lushan qo'l ostida bittadan ko'p gol ura olmayotgandi, ammo Qosimov kelib bu borada ham sermahsullik oshdi. Lekin shunga qaramay kamchiliklar hamon etarli. “Bunyodkor” haliyam bir tekis o'yin namoyish eta olmayapti. Masalan, jamoa hozirgacha safarda atigi bir marta g'alabaga erishgan va bu ham Sergey Lushan davrida ro'y bergan. Qosimov kelganidan beri “Bunyodkor” safarda “SHo'rtan”, “Navbahor”, “Buxoro”, “So'g'diyona” klublarini enga olmadi, faqat Kubok bellashuvlaridagina g'alabaga erishdi. Demak, bu ham Qosimovni yanada ko'proq ishlashga undaydi.

X.Xoliqov


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика