Qoraqalpog'istonda yosh mini futbolchilar musobaqasi
20 iyu 2014 17:27
Yangiliklar
Qoraqalpog'istonda yosh mini futbolchilar musobaqasi
Nukus shahrida 2000-2001 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida mini futbol bo'yicha Qoraqalpog'iston respublikasi xalq talimi vazirligi tasarrufidagi 2-son bolalar va o'smirlar sport maktabining ochiq turniri bo'lib o'tdi.
“Sog'lom bola yili”ga bag'ishlab uyushtirilgan mazkur musobaqaning dastlabki bosqichida 12 ta jamoa to'rt guruhda ishtirok qildi.
So'ngra, guruhlarda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar olimpiya tizimida bahslarni davom ettirishdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan uchrashuvda “Bayterak-1” (Nukus shahri) va “Taxiatosh-2”(Taxiatosh shahri) jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. Bu o'yinda nukuslik yosh futbolchilar 4:1 hisobida g'alaba qozonib, 3-o'rinni egallashdi. Hal qiluvchi o'yinda “Jayhun”(2-son BO'SM, Nukus shahri) va 2-son BO'SM terma jamoasi (Nukus shahri) ro'para kelishdi. Bu uchrashuvda terma jamoa azolarining qo'li balan keldi, 2:0. Natijada, ular turnir g'olibi bo'lishdi. “Jayhun” jamoasi shohsupaning ikkinchi qatoridan joy oldi.
- Musobaqamiz yuqori saviyada o'tdi, - deydi Qoraqalpog'iston Respublikasi futbol federaciyasining birinchi vice prezidenti Vladimir Nazarov. – O'yinlarni federaciyamiz tomonidan tasdiqlangan malakali hakamlarimiz boshqarib borishdi. Turnirning tashkil etishdan asosiy maqsad, maktab o'quvchilarining yozgi tatilini qiziqarli uyushtirishga qaratilgandi. Ishonchimiz komilki, ko'zlagan niyatimiz amalga oshdi.
Ikrom XUDOYBERGANOV.

Fikrlar