Qoraqalpog'iston. Yosh mini futbolchilar maydonda
31 avg 2015 11:56
Yangiliklar


Qoraqalpog'iston. Yosh mini futbolchilar maydonda
O'z navbatida 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalardan iborat 18 ta jamoa qatnashgan bellashuvning hal qiluvchi uchrashuvida “Taxtako'pir”lik yosh futbolchilar “To'rtko'l”lik tengdoshlarini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, kubok sohibiga aylanishdi. Faxrli ikkinchi o'rin to'rtko'llik qizlarga nasib etgan bo'lsa, uchinchi o'rinni Xo'jayli shahrining “BO'SM-2” jamoasi egalladi.
Qizlar musobaqasi 2000-2001 yillarda tug'ilgan mini futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tdi. Bu erda “Qirq qiz” jamoasi qoshidagi tayyorlov guruhi azolari “Kegeyli” jamoasini 1:0 hisobida engib, birinchi o'rinni egalladi. Natijada, kegeylilik qizlar ikkinchi o'rin bilan kifoyalanishdi. SHohsupaning uchinchi pog'onasiga Amudaryo tumanining “BO'SM-3” jamoasi joylashdi.
Musobaqaning eng yaxshi o'yinchilari nomiga Seydabulla Nietullaev(“Xalqabad”) va Ozoda Olimova (BO'SM-3, Amudaryo tumani)lar sazovor bo'lishdi. “To'rtko'l”lik Sarvar Nazarboev “Foydali o'yinchi”ga atalgan sovrinni qo'lga kiritdi.
Ikrom XUDOYBERGANOV
O’xshash yangiliklar

Fikrlar