So’nggi yangiliklar

21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  0 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  6 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  16 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  11 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  6 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  10 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  12 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  10

Qoraqalpog'iston Respublikasida maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan “Iqtidor” turniri g'oliblari taqdirlandi Yangiliklar

Qoraqalpog'iston Respublikasida maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan “Iqtidor” turniri g'oliblari taqdirlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O'zbekiston futbol associaciyasi va Professional futbol ligasi tomonidan yurtimizda bolalar futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, maktab o'quvchilari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida turli musobaqalar va festivallar tashkil qilinyapti.

Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ellikqala tumanining Bo'ston shaharchasida O'FA va PFL tashabbusi bilan tumanlararo “Iqtidor” turniri o'tkazildi. Ushbu turnirni tashkil qilishdan asosiy maqsad, respublikamizning chekka-chekka qishloq va tumanlarida joylashgan maktablarning o'quvchilari o'rtasida sportning futbol turini ommalashtirish, iqtidori bor yoshlarni izlab topishdan iborat.

Mazkur futbol musobaqasi 2 xil yosh toifasida tashkil etilib, futbolchilar 13-14 hamda 15-16 yosh toifalariga bo'lingan holda musobaqalashadilar.

13-14 yoshlilar o'rtasida "Do'stlik" OFY jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'la, 15-16 yoshlilar o'rtasida "Sahtiyon" jamoasiga teng keladigan topilmadi.

G'oliblarga O'FA tomonidan Kubok, medallar va sertifikatlar hamda esdalik sovg'alari topshirildi. Tumanlararo “Iqtidor” turnirini yurtimizning barcha viloyatlarida o'tkazish rejalashtirilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика