So’nggi yangiliklar

09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  4 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  1 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  1 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  2 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  2 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  1 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  1 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  9 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бироз ақлли футбол керак"  1 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  3 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  1 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  1

Qo'qondagi master-klass: "Paxtakor" va qo'qonlik muxlislar Yangiliklar

Qo'qondagi master-klass: "Paxtakor" va qo'qonlik muxlislar

Qo'qonda o'tgan O'zbekiston kubogi yarim final doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvida gollar shousi guvohiga aylandik.

Ayni paytda o'yin bobida cho'qqiga chiqayotgan "Paxtakor"ning Qo'qondagi bu safari ancha omadli keldi. Superliganing birinchi bosqichi doirasidagi o'yinlarda ushbu jamoalar murosa ko'chasini tanlashgandi. Toshkentda ham, Qo'qonda ham bir xil hisob (1:1) qayd etilgandi.

Qizig'i, o'sha bellashuvlarni SHerzod Qosimov boshqargan. Kechagi o'yin oldidan uchrashuv hakami shu darajada sir tutildiki, bahsdan ham ko'ra mazkur bellashuvni kim boshqarishi intrigasi oshib ketdi. O'FA nimaga asoslanib hakam nomini bu darajada yashirdi, ochig'i tushunarsiz. Fakt shuki, bu jihat o'yinni kim boshqarishiga bo'lgan qiziqishni ikki barobarga oshirdi. Qo'qonga esa ikkita hakamlar guruhi va shu kuni zaxira hakami bo'lgan Viktor Serazitdinov tashrif buyurdi. Bahsni kim boshqarishini esa o'yinga sanoqli soatlar qolganida elon qilishdi. Ochig'i, bunday tajribani ilk marotaba kuzatdim.


Qiziq tarafi, Superligadagi "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" qarama-qarshiligini har ikkala o'yinini boshqargan Qosimov, kubok bahsida ham bosh hakam etib tayinlandi. SHu tariqa SHerzod Qosimov bir mavsum davomida "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" juftligining barcha to'qnashuvlarini boshqarib borgan hakam sifatida tarixda qoldi.

Muhimi, hakam o'yin natijasiga tasir qiladigan qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadi va o'yinni nisbatan ancha silliq boshqardi. Faqatgina bir-ikki vaziyatda yon hakam o'yindan tashqari holatni aniqlashda xatoliklarga yo'l qo'ydi, biroq bu natijaga salbiy tasir ko'rsatgani yo'q.

O'yinga keladigan bo'lsak, har ikkala jamoa ochiq futbol tarafdori ekanligi hakam xushtagi chalinishi bilanoq ayon bo'ldi. "Paxtakor" 33-sonidayoq raqib darvozasini ishg'ol etdi. Qizig'i, jamoa hech qanday to'p uzatmalarisiz gol urishni uddasidan chiqdi. Havoda vujudga kelgan Suyunov-CHeran-Bezerra kombinaciyasini Tiago bir urinishda golga aylantirdi. Bu vaziyatda mezbonlar himoyachisi G'iyos Komilov raqib futbolchisini ko'zdan qochirgani qimmatga tushdi.

"Qo'qon-1912" o'tkazilgan golga juda yaxshi reakciya qildi va tezlik bilan hujumga otlandi. Dastlab jarima zarbasi, keyin penalti. Jarima to'pidan yo'llangan kuchli zarbani Suyunov bartaraf etdi, ammo Xolmuhammedovning "nuqta"dagi zarbasini qaytarish "Paxtakor" posboniga nasib etmadi. Natijada muvozanat tiklandi.

Biroq shu kuni hujumkor taktikani tanlagan No'mon Hasanov jamoasi himoyada juda ko'p qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi. Natijada Hasanov tanaffusdan so'ng himoyadagi yomon o'yini tufayli va hisobdan kelib chiqib, Komilovni bilan Malikjonovni maydondan oldi hamda ikki nafar hujumkor futbolchilarni maydonga tushirdi. Komilovning markaziy himoyadagi o'rni birinchi taymda tayanch zonasida harakat qilgan Rustamov bilan to'ldirildi. Hujumkor vinger sifatida yorqin o'yin ko'rsata olmagan Quvondik Ro'ziev esa o'zini joyi markazga qaytarildi. Ammo bu o'zgarishlar yakunda naf bermadi. "Paxtakor"ning hujumdagi maksimal samaradorligi va himoyadagi ishonchli harakatlari evaziga "Qo'qon-1912"ning urinishlari besamar ketdi. Mezbonlar kiritgan har ikkala gol ham standart vaziyatlaridan so'ng urildi.

Tanaffusdan keyin "Qo'qon-1912" bir marotaba o'yinga qaytish imkoniyatini xosil qilgandi. Biroq Nosir Otaqo'zievning yaqin masofadan yo'llagan chalqancha uslubdagi super zarbasini Suyunov ajoyib seyv orqali bartaraf etdi. Agarda shu vaziyatdan mezbonlar unumli foydalana olishganida o'yindagi intriga yana qaytadan tiklanardi va "Qo'qon-1912" vaziyatni o'nglash imkoniyatiga ega bo'lardi.

SHundan so'ng "Paxtakor" yana ikki  bor raqib darvozasini ishg'ol etishni uddasidan chiqdi. SHu kuni "Paxtakor" mahorat bobida raqibidan ancha ustun ekanligini amalda isbotladi. Tan olish kerak, ayni paytda Arveladze jamoasi o'yin bo'yicha optimal formada va samardorlik borasida yuksak ko'rsatkich qayd etmoqda. Gonsalvesh markaziy hujumdan hujumkor vingerga aylangani, Bezerra hujumchi bo'lgani va jamoaga CHeranning qo'shilgani jamoa o'yinini keskin kuchaytirib yubordi. SHuningdek, mazkur uchala legionerlarning natijali harakatlari ham keskin oshgani ko'rinib turibdi.

Qayd etish kerakki, "sherlar"ning har bir hujumi aynan CHeran orqali qurilmoqda va Dragan "Paxtakor"ning hujumlariga yo'nalish berishda, benazir to'p uzatmalarni amalga oshirishda juda faol. CHeran "Paxtakor"ning hujumlarini keskinlashtiruvchi asosiy figuraga aylanib ulgurgani haqiqat. Tiago Bezerra esa hal qiluvchi gollarni uradigan goleadorga aylandi.

Garchi hisob yirik ko'rinish olganiga qaramasdan, "Qo'qon-1912" kecha yaxshi o'ynaganini ham qo'shimcha qilish lozim. To'g'ri, hisob ancha kattarib ketdi, biroq jamoalar o'rtasidagi tafovutdan kelib chiqilsa, kechagi natija kutilgan voqelik. "Qo'qon-1912" o'z oldiga kubokda g'olib chiqishni yoki OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishni maqsad qilayotgan bo'lsa, unda jamoaga yuqori saviyali hujumchi va yarim himoyachilarni olib kelish kerak.

Ko'p hollarda "Paxtakor" safar qilgan aksariyat o'yinlarda raqibni juda "iliq" kutib olishadi. Ammo Qo'qondagi muxlislik va ishqibozlarning yuksak madaniyati alohida etirofga loyiq. Garchi jamoasi yirik hisobda mag'lubiyatga uchrab, finaldan mahrum bo'lishiga qaramasdan, stadionga tashrif buyurgan muxlislar raqibni ham olqishlab qo'yishni qoyillatishdi. Evropa stadionlarida bo'lgani kabi mahalliy ishqibozlar g'alabani tantana qilgan jamoaga mardlarga tan berishni chiroyli uddalashdi. O'zbek futbolining vatani bo'lgan Qo'qonda bunday ajoyib futbol muhiti bo'lishi yangilik emas aslida.

Kecha futbol bo'yicha "Paxtakor" master-klass ko'rsatgan bo'lsa, qo'qonlik ishqibozlar muxlislik qilish borasida mahorat darsini o'tishdi.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика