So’nggi yangiliklar

17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  4 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  1 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  8 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  4 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4

"Qo'qon-1912"ning so'nggi turlardagi qahramoni Yosovich: "Himoyachilar yarimta vaziyatdan foydalanib gol urishi kerak" Yangiliklar

"Qo'qon-1912"ning so'nggi turlardagi qahramoni Yosovich: "Himoyachilar yarimta vaziyatdan foydalanib gol urishi kerak"

Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi Superliganing 20-turida o'z maydonida "Andijon"ni qabul qildi.

Qiziqarli kurashlar ostida kechgan uchrashuvda maydon egalari so'nggi daqiqada Ivan Yosovichning goli evaziga mag'lubiyatdan qutilib qoldi (1:1). Tur yakunlariga ko'ra serbiyalik himoyachi saytimiz tomonidan 20-tur ramziy terma jamoasiga kiritildi. So'nggi 5ta bahsda 4ta gol muallifiga aylangan Ivan Yosovichning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Andijon"ga ochko suv va havodek zarurligi kundek ravshan edi. Buni maydonda ham ko'rish mumkin. Ikki jamoada ham bosim kattaligi yanada kuchli masuliyat yukladi, deya olaman. Raqib bitta ajoyib zarba bilan gol urib hisobda oldinga chiqib oldi. G'alaba uchun astoydil kurashishdi. Biz qo'limizni tushirmasdan oxirigacha kurash olib bordik. Durang adolatli bo'ldi, deb o'ylayman. "Andijon"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Etibor berayotgan bo'lsangiz biz safarda ko'proq ochko ishlamoqdamiz. Uyda esa bu o'xshamayapti. Turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilib olishimiz uchun bizni yana 6ta o'yin kutmoqda.

Men himoyada o'ynayman. Birinchi o'rinda o'z poziciyamda yaxshi o'yin ko'rsatishim talab qilinadi. Mudofaa chizig'i vakillarida ko'p imkoniyat bo'lmaydi. Yarimta vaziyatdan foydalanib gol urish lozim. O'zbekistonda legioner sifatida to'p tepmoqdaman. Bu degani har qanday holatda ham jamoaga yordam berishing kerak. Mashg'ulotlarda va o'yin vaqtida standart vaziyatlarga ko'proq etibor qaratamiz. Bunday vaziyatlarni iloji boricha qo'ldan boy bermaslik zarur. 2ta golni aynan shunday holatda urgan bo'lsam, yana 2tasini penaltidan amalga oshirdim",- deydi Ivan Yosovich.

Coca Cola Superliga. Norchaev, Temirov, Jaloliddinov va boshqalar: 20-tur ramziy terma jamoasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика