So’nggi yangiliklar

18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  0 18:02"Кремонезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 17:26"Истиқлол" — "Гол Гохар". Машарипов қайтди  1 17:00"Дибба" — "Ал Васл". Таркиблар маълум  0 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  1 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2 15:22Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Қизилқум"дан устун келди  5 14:58"Челси" Англия ёшлар терма жамоаси сардорини нишонга олди  0 14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  9 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0

"Qo'qon-1912"dan bayram tilaklari Yangiliklar

"Qo'qon-1912"dan bayram tilaklari

"Qo'qon-1912" bosh murabbiyi va etakchi futbolchilari Yangi yil bayrami munosabati bilan barchani tabriklashdi.

Murod Xolmuhammedov: Barcha o'zbekistonlik futbol muxlislarini kirib kelayotgan yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Qo'qonlik muxlislarimizga esa alohida tabriklarim bor. Ularga yangi yilda eng avvalo sog'lik tilayman. Barchalaringizni oilangizda yaxshi kunlar, xursandchiliklar ko'p bo'lsin. Kelayotgan yangi yil Qo'qon futboli uchun barakali kelsin. Biz sizlarni yaxshi ko'ramiz. Kelgusi mavsumda ko'plab g'alabali onlarni birga nishonlash nasib qilsin. Yangi yilingiz muborak bo'lsin!!!


Quvondiq Ro'ziev: Barcha yurtdoshlarimizni, shu jumladan Qo'qonlik muxlislarimizni kirib kelayotgan yangi, 2020 yil bilan tabriklayman! Yangi yil barchalarini oilalariga xursandchilik olib kelsin. 2019 yilda erisha olmagan barcha yaxshi niyatlariga kelayotgan yilda erishish nasib qilsin. "Qo'qon-1912" jamoasi bilan birga ko'plab yutuqlarga erishib, muxlislarimizni xursand qilish bizga nasib qilsin. Yangi yil barchangizga muborak bo'lsin!!!


Baxtiyor Ashurmatov: Barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan chin yurakdan tabriklayman ! Yangi yilda yurtimizda tinchlik barqaror bo'lsin, bayramlar ko'p bo'lsin. Xudo xoxlasa yangi yilda O'zbekiston sportchilari yuksak natijalarni ko'rsatishsin. Ilohim Olimpiya terma jamoamiz yanvar oyida bo'ladigan Osiyo chempionatida chiroyli o'yin ko'rsatib yurtimizga g'alaba bilan, yorug' yuz bilan qaytishsin. "Qo'qon-1912" jamoasida yuksak maqsadlarni ko'zlab ish boshladik. Xudo xoxlasa Qo'qon xalqini chiroyli o'yinlar bilan xursand qilish bizlarga nasib qilsin. Jamoamiz bilan yangi yilda sizlarning qo'llab-quvvatlashlaringdan umidvormiz. Barcha muxlislarimizning oilalarida har kuni xursandchilik kunlar bo'lsin. Barcha yurtdoshlarimizni, Qo'qon ahlini kirib kelayotgan yangi yil bilan yana bir bor tabriklayman. Muxlislarimiz baxtimizga doimo sog' va salomat bulishsin!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика