So’nggi yangiliklar

10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  0 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  1 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  2 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  5 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  12 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  0 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  2 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  25 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  8 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  3 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  10

"Qo'qon-1912": Yoshlarimiz Qarshidan bir ochko bilan qaytishdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Yoshlarimiz Qarshidan bir ochko bilan qaytishdi

Bugun “Qo'qon-1912” jamoasi o'rinbosarlari beshinchi tur uchrashuvini o'tkazishdi.

Muhiddin Abduvaliev shogirdlari bu safar Qarshida “Nasaf” mehmoni bo'lishdi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.

Mazkur uchrashuvda Muhiddin Abduvaliev asosiy tarkibda biroz o'zgartirish kiritdi. Masalan, darvozani qo'riqlash G'ayrat Hasanovga ishonib topirildi. Tajribali posbon esa o'ziga bildirilgan ishonchlarni to'liq oqladi. O'yindagi hisobni mezbonlar ochishdi.

Goldan keyin o'zlariga kelib ulgurgan vakillarimiz birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida muvozanatni tiklashdi. 44-daqiqada Avazxon Mamatxo'jaev individual mahorati evaziga raqib futbolchilarini aldab o'tib, juda chiroyli zarba bilan mezbonlar darvozasini ishg'ol etdi. Avazxonning taxminan 24-25 metrlardan bergan zarbasini “Nasaf” posboni qaytara olmadi.

Jamoalar tannafusga shu hisob bilan chiqib ketishdi. Ikkinchi bo'limda ham har ikki jamoa vakillarida darvozani ishg'ol etish uchun bir qator vaziyatlar vujudga keldi. Xususan, Muhammadanas Hasanov jamoamizga g'alaba keltirgan to'pni kiritishi mumkin edi. Ammo uning zarbasi darvoza ustuniga tegdi. O'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida yana o'sha Muhammadanas Hasanov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. SHu tariqa o'rinbosarlarimiz Qarshi safaridan bir ochko bilan qaytadigan bo'lishdi.

Bugungi o'yindan so'ng o'rinbosarlarimiz hisobidagi ochkolar soni 8 taga etdi. Yoshlarimiz hozircha 4-o'ringa ko'tarilishdi.


Yoshlar ligasi
5-tur
“Nasaf” – “Qo'qon-1912” – 1:1 (1:1)
Xakamlar:
D. Jalimov, F. Usmonov, Z. Eliboev.

“Nasaf”: 30. Umidjon Ergashev 6. Sirojiddin Qo'ziev 7. Akbar Murodov 9. Dilshod Xushbakov 14. Dostonbek Berdiqulov 18. Sirojiddin Ettiboev 19. Navro'z Izzatillaev 22. Islom Kenjaboev 41. Najmiddin Normurodov 43. Timur Fayzullaev.
Zaxira: 12. Muzaffar SHaripov 4. Akmal Olimov 20. A. Mozgovoy 23. Samandar SHukrullaev 28. Sardor Sadullaev 34. Ilhom Alijonov 38. Jahongir Qurbonboev.

“Qo'qon-1912” : 21. G'ayrat Hasanov. 27. Ismoil Oxunjonov 4. Asliddin Soipov 26.Oybek Rustamov 15.Maruf Zokirjonov 14.Avazxon Mamatxo'jaev 5. Ibrohim G'ofurov  88. Muhammadanas Hasanov  22. Orifjon Mamajonov  91. Abduqahhor O'ktamov  10. Doston Meliqo'ziev
Zaxirada : 30. Islom Abdullaev  6. Dilshod Baratov 17. Azizxon Ibragimov, 7. Ibrohim Usmonov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика