So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  3 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

"Qo'qon-1912" Xitoy jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin Yangiliklar

"Qo'qon-1912" Xitoy jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin

Bugun Xitoyning Kuytun shahridan kelgan yirik sarmoyadorlar "Qo'qon-1912" ofisida bo'ldi.

"Jamoamizning katta tarixga ega bo'lganidan xabar topgan investorlar "Qo'qon-1912" futbol klubi tarixiga katta qiziqish bildirdi. Mehmonlarni jamoamiz rahbariyati iliq kutib oldi va ularga jamoamizning tarixi haqida qiziqarli malumotlar berildi. Investorlar va "Qo'qon-1912" jamoasi vice-prezidenti Akramjon Mamadaliev o'rtasida qizg'in suhbat bo'lib o'tdi.



Xitoylik mehmonlar "Qo'qon-1912" jamoasini Kuytun shahridagi mahalliy jamoa bilan o'rtoqlik uchrashuviga taklif qilishdi. Agar "Qo'qon-1912" jamoasi bu taklifga rozi bo'ladigan bo'lsa, kutib olish va mehmonxona xarajatlarni xitoyliklar o'z bo'ynilariga olishlarini ham takidlashdi. Bu taklifga javoban esa jamoamiz rahbariyati chempionat vaqtida bo'ladigan tanaffusda Xitoyga borib, o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishga rozilik berishdi. Bu masala bo'yicha keyinchalik yana bir bor suhbatlashishga kelishib olindi. Uchrashuv so'ngida investorlarga esdalik sovg'alari taqdim etildi.



SHuningdek, jamoamiz rahbari  Qo'qon shahri hokimi Marufjon Azamovich Usmonov qabulida bo'ldi. Qabul davomida hokimimiz jamoa azolarini "Fargona viloyati hokimi kubogi" turniridagi galaba bilan tabrikladi hamda jamoamizni har tomonlama qo'llab-quvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика