So’nggi yangiliklar

18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  0 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  2 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22

"Qo'qon-1912" ustozi Muhsin Nizomiddinov: "Hech qachon hakamdan nolimaganman" Yangiliklar

"Qo'qon-1912" ustozi Muhsin Nizomiddinov: "Hech qachon hakamdan nolimaganman"

"Qo'qon-1912" hamda "Xorazm" o'rtasidagi Pro liganing 8-turidan o'rin olgan bahsdan (0:0) so'ng mezbon jamoa ustozi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Muhsin Nizomiddinov: "Avvalambor hammani 9 may - Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklayman. O'yin muxlislarbop bo'ldi, ikkala jamoa ham uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani bilindi. Vaziyatlar bo'ldi, ammo gol ura olmadik. Kelasi bahsda o'z ustimizda ishlab, natijani yaxshilashga harakat qilamiz.

- O'yin oxirida bir-ikki marta zaxiraga qarab qo'ydingiz, ammo o'zgarish amalga oshirmadingiz. Zaxira tormi yoki o'yinni kuchaytiradigan futbolchi yo'qmi?

- Zaxiradagi har bir futbolchi o'yinni kuchaytira oladi. O'yin buzilmasin dedim. O'tgan safar "Mashal"ga qarshi bahsda Mo'min Melievni maydonga tushirgandim, uni omadi kelmadi va ruhiy tushkunlik bo'ldi. Ayni damdagi asosiy maqsadim - barcha yigitlarga imkoniyat berish. Ikkinchi davraga o'zgacha tayyorgarlik ko'ramiz. Kamchiliklar bor, bularning ustida ishlaymiz. O'zim himoyachi bo'lganman, bu erda birinchi bo'lib himoyani yaxshlashga urindim. Bugun gol o'tkazib yubormadik, lekin gol urishda qiyinchiliklar bo'ldi. Endi oldingi chiziqlar ustida ishlaymiz va Samarqandda hammasi yaxshi bo'ladi.

- Hakamlar o'yinga kam vaqt qo'shgandek bo'lishdi...

- Yo'q. Ular hali yosh, ularni nazorat qiladigan va baho qo'yadigan tashkilot bor. Hech qachon hakamdan nolimaganman va bundan keyin ham shunday bo'ladi. Ular ham tirik jon, hamma ham xato qiladi. Ularga omad tilayman.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика