"Qo'qon-1912": Tohir Kapadzeni tabriklaymiz!
10 may 2015 23:54
Yangiliklar


"Qo'qon-1912": Tohir Kapadzeni tabriklaymiz!
O'zbekistondagi futbol mutaxassislari haqida gap ketganida Tohir Kapadzeni ham chetlab o'ta olmaymiz.
Farg'ona futbolida o'ziga yarasha nom qozongan jonkuyar inson bugun o'zining yubiley 60 yoshini qarshi olmoqda. Bugungi kunda "Neftchi" klubi raisi sifatida ishlab kelayotgan va o'z vaqtida "Qo'qon-1912" futbol klubida ko'p yillar davomida xizmat qilgan Kapadzening ushbu yubiley yoshi bilan muborakbod etamiz.
Tohir Veysalovich Sizni "Qo'qon-1912" futbol klubining ravnaqi yo'lida qilgan xizmatlaringizni biz hech qachon unutmaymiz va uni doimo qadrlaymiz! Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik oilangiz va yaqinlaringiz baxtiga hamisha sog'-omon bo'lib yurishingizni Yaratgandan so'rab qolamiz!

Fikrlar