"Qo'qon-1912": Oybek Rustamov O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yig'inida
08 iyu 2016 07:49
Yangiliklar
"Qo'qon-1912": Oybek Rustamov O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yig'inida
Jasur Abduraimov boshchiligidagi U-19 O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 13-30 oktyabr kunlari Bahraynda bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionatida ishtirok etadi.
Ushbu musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rayotgan terma jamoamiz Toshkent shahrida navbatdagi o'quv yig'in mashg'ulotlarini boshladi. 6 iyun kuni boshlangan yig'in 18 iyun sanasida poyoniga etadi.
Mazkur terma jamoa safiga “Qo'qon-1912” jamoasi azosi Oybek Rustamov ham taklif etilgan.
Futbolchimiz jamoamizning “Neftchi” va “So'g'diyona” jamoalariga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuborishi mumkin.
Oybek Rustamovning terma jamoadagi faoliyatida omad tilab qolamiz.
Fikrlar