"Qo'qon-1912": Oybek Rustamov O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yig'inida

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2016, 07:49
Jasur Abduraimov boshchiligidagi U-19 O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 13-30 oktyabr kunlari Bahraynda bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionatida ishtirok etadi.

Ushbu musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rayotgan terma jamoamiz Toshkent shahrida navbatdagi o'quv yig'in mashg'ulotlarini boshladi.  6 iyun kuni boshlangan yig'in 18 iyun sanasida poyoniga etadi.

Mazkur terma jamoa safiga “Qo'qon-1912” jamoasi a'zosi Oybek Rustamov ham taklif etilgan.

Futbolchimiz jamoamizning “Neftchi” va “So'g'diyona” jamoalariga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuborishi mumkin.

Oybek Rustamovning terma jamoadagi faoliyatida omad tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz