So’nggi yangiliklar

20:10Суперлига. "Сўғдиёна" – "Хоразм" 0:0 (Матнли транслация)  0 20:00Суперлига. "Андижон" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  6 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  0 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  0 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  1 18:16Расман: "Сурхон" россиялик ҳужумчи билан хайрлашди  0 17:52Breaking! Аббос Файзуллаев Туркия клубидан таклиф олди  12 17:36"Бухоро" – "Шўртан" учрашуви нейтрал майдонда ўтади  4 17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  16 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  1 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  8 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   15 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0

"Qo'qon-1912": O'rinbosarlarimizdan kichik g'alaba Yangiliklar

"Qo'qon-1912": O'rinbosarlarimizdan kichik g'alaba

Teglar :  Qo'qon-1912
Qo'qondagi “Kimyogar” (sobiq “Ximik”) stadionida “Qo'qon-1912” va “Navbahor” jamoalari o'rinbosarlari o'rtasida nazorat uchrashuvi o'tkazildi.

O'yinda Muhiddin Abduvaliev shogirdlari 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Uchrashuv kutilganidek, shiddatli va keskin kurashlarga boy tarzda o'tganini takidlash joiz.

O'yinning 1-bo'limi jamoamizning ustunligida o'tgan bo'lsa-da, bu ustunlik hisobda aks etmadi. 2-bo'lim esa deyarli teng kurashlar bilan o'tdi. Jamoamizdan Avazxon Mamatxo'jaev, Iqbol Malikjonov, Baxtiyor Musurmonov, Doston Meliqo'zievlar ancha faol o'ynashgan bo'lsa, raqiblar tarkibida Aziz Turg'unboev va Aziz Mamazoitovlar muxlislarda iliq taassurot qoldirishdi. O'yinning 80-daqiqasida Baxtiyor Musurmonov tomonidan kiritilgan gol yagonaligicha qoldi.

Yanvar oyidan beri yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi “Viloyat Hokimi Kubogi-2016”ni hisobga olmaganda shu kunga qadar uchta nazorat bahsini o'tkazdi. Birinchi o'rtoqlik uchrashuvida vakillarimiz “Yozyovon lochinlari”ga 0:2 hisobida yutqazib qo'yishgandi.

Ikkinchi nazorat o'yini “Cementchi”ga qarshi bo'lib o'tdi va unda 2:2 hisobi qayd etildi.

Nihoyat, bugun bo'lib o'tgan uchinchi nazorat uchrashuvida o'rinbosarlarimiz g'alaba nashidasini surishdi.

Nazorat uchrashuvi

“Qo'qon-1912” (o'rinbosarlar) – “Navbahor” (o'rinbosarlar) 1:0 (0:0)

Gol: Baxtiyor Musurmonov – 80.

Qo'qon-1912: 16. Islom Abdullaev,14. Avazxon Mamatxo'jaev, 23. Baxtiyor Musurmonov, 77. Islom Abdullaev, 5. Ibroxim G'ofurov, 10. Iqbol Malikjonov, 8. Abror Rahmonov, 6. Baxtiyor Abdubannonov, 22. Muhammadanas Hasanov, 21. Doston Meliqo'ziev,  4. Abdurashid Ismoilov.

Zaxira: 25. Dilshod Baratov, 17. Hasan Soliev, 7. Iqror Raximov 11. Abduqahhor O'ktamov, 26. Ixtiyor Axmadjonov.

Navbahor: 1. Muzaffar Mamatxonov, 4. Sanjar Toshpo'latov, 3. Botir To'raboev,  27. Aziz Mamazoitov, 2. Aziz Umarov, 11. SHohruh Ahmadaliev, 7. Aziz Turg'unboev, 29. Islom Abduqodirov, 88. Bobur Mamajonov, 9. Doniyor Inomov, 23. Ilhom Aliboev.

Zaxira: 12. Baxtiyor Qamchibekov, 25. Javohir Olimjonov, 8. Husan G'aniev, 39. Ayubxon Jo'raev, 5. Behzod Tursunov, 21. Ibrohim Ismoilov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика