So’nggi yangiliklar

21:30Алдаётган Рафинья, ўйлаётган Берналь ва бошқалар - "Барселона" машғулотидан фотомақола  0 20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  110 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  2 20:14Туркия Суперкубоги. "Галатасарой" - "Фенербаҳче" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 19:01Англия Кубоги. "Манчестер Сити" - "Эксетер". Асосий таркиблар маълум!  5 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  1 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   1 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  5 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  9 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  5 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  6 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2

“Qo'qon-1912” – “Neftchi”: 22-viloyat derbisi arafasida Yangiliklar

“Qo'qon-1912” – “Neftchi”: 22-viloyat derbisi arafasida

Teglar :  Qo'qon-1912Neftchi
Farg'ona viloyati sharafini himoya qilib kelayotgan Farg'ona shahrining “Neftchi” hamda Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoalari Oliy liga 26-turida o'zaro to'qnash kelishadi.

Viloyatning ikki jamoasi o'rtasidagi bahs nafaqat viloyat muxlislarining balki keng jamoatchilikning yuqori qiziqishiga sabab bo'lib kelgan. CHunki derbi maqomiga ega bellashuvlar hamisha keskin va murosasiz o'tadi.


BIRINCHI DAVRDAGI BAHS:

“Qo'qon-1912” va “Neftchi”  Oliy liga-2016ning ilk davrasini Farg'ona shahrida o'tkazishdi. 10 iyun kuni “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tgan bellashuvda maydon egalari qo'qonlik futbolchilarni 2:1 natijasiga ko'ra mag'lub etishgandi. Dastlab Nosir Otaqo'ziev tomonidan kiritilgan golga keyinchalik SHukur Po'latov o'z dubli bilan javob qaytargandi. Garchi o'sha bahsda “Neftchi” ustun kelgan bo'lsada, viloyatning xar ikkala jamoasi ham g'alabaga loyiq futbol namoyish etganini aytib o'tish o'rinlidir.


O'ZARO STATISTIKA:

Farg'ona viloyati jamoalari Oliy ligada o'zaro 21 marta to'qnash kelishgan. Raqamlar “Neftchi”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Mazkur bellashuvning 18 tasini Fyodorov shorigdlari o'z foydalariga hal etishgan bo'lsa, 2 ta o'yinda durang qayd etilgan. Qo'qon jamoasi o'zaro o'yinlar tarixida “Neftchi”ni faqat bir marta  mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan. To'plar nisbati 64-24, “Neftchi” foydasiga. Ushbu o'yinlarda “Neftchi” 56 ochkoga ega chiqqan, “Qo'qon-1912” esa  5 ochkoni rasmiylashtirgan.


NAVBATDAGI DERBI

“Qo'qon-1912” – “Neftchi” o'yini joriy yilning  22 oktyabr kuni Qo'qondagi “Markaziy”  o'yingohda o'tkazilinadi. Ushbu bellashuvga jamoalar ikki xil kayfiyatga etib kelishmoqda. So'nggi turda mazkur raqiblar Toshkent jamoalariga qarshi turni o'tkazishdi. “Neftchi” Farg'onada “Paxtakor”ni engan bo'lsa, “Qo'qon-1912” vakillari “Lokomotiv” klubi uyidan ochkosiz qaytashdi. Navbatdagi “viloyat derbisi” Olimjon Tolibjonov boshliligidagi hakamlar guruhiga topshirildi. Malumot o'rnida,  shanba kuni bo'lib o'tadagn o'yin soat 15:30ga belgilangan.

Barcha muxlislarni Qo'qondagi bahsga chorlab qolamiz!

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика