So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" аутсайдерни қийинчилик билан мағлуб қилди, Амад Диаллодан хет-трик!  16 01:50Альфонсо Дэвис "Бавария" таклифига кўнмаяпти  1 01:23РФИ фахрий президенти: "Ўзбекистон, Беларусда ўйнаганида бизнинг селекционерлар қаерда эди? Кўзи кўрлар"  17 01:01Абдуқодир Ҳусанов Манчестерга етиб борди  8 00:46Испания Кубоги. "Реал" – "Сельта" баҳси асосий таркиблари маълум!  9 00:30HERE WE GO: Омар Мармуш - "Манчестер Сити" футболчиси!  6 00:15Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан гол  0 23:27Аморим Гарначо яна нималарни ўрганиши кераклигини айтди  3 23:02Ўзбекистон миллий терма жамоаси сафида ўзгариш  1 22:50"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 22:19Саудия Арабистони. Пешқадам "Ал Ҳилол" аутсайдер дарвозасига 9та гол урди  3 21:50"Навбаҳор" БААда Хорватия, Арманистон ва Хитой жамоаларига қарши ўйнайди  1 21:30"Сўғдиёна" дарвозабони билан шартномани узайтирди  3 21:08Златан Роналдуга жавоб берди  18 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0

"Qo'qon-1912" Kubogi bo'lib o'tdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" Kubogi bo'lib o'tdi

Saytimiz orqali avval xabar berganimizdek, Qo'qonda yosh futbolchilar o'rtasida turnir tashkil etildi.
2014 yil "Sog'lom bola" yili munosabati bilan  2000-2001-2002 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida futbol bo'yicha "Qo'qon-1912" PFK Kubogi uchun turnir o'tkazildi.

Bundan ko'zlangan maqsad, O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2011 yil 19 yanvardagi PK-1466 sonning 2011-2013 yillarda Respublikada futbolni moddiy texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risidagi qarori va shu qaror asosida Farg'ona viloyati hokimi tomonidan 2011 yil, 25 yanvar kuni qabul qilingan 16-sonli qarorlari ijrosini taminlash.

Qolaversa Sog'lom bola yili munosbati bilan shaharda futbolni yanada rivojlantirish. Jamoalarda o'quv-mashg'uloti va tarbiyaviy ishlar saviyasini oshirish.

"Qo'qon-1912" PFKga iqtidorli futbolchilarni tayyorlash hamda mamlakatimizdagi turli yoshdagi terma jaomoalar iqtidorli yosh o'yinchilarni etishtirib berish.

Musobaqa 13-14 iyun kunlari Qo'qon shahridagi "Markaziy" va "Kimyogar" stadionida bo'lib o'tdi.

Turnirning ochilish marosimiga turnir tashkilotchilaridan tashqari Qo'qon shahar hokimi Abdullaev Akromjon Anorqulovichning shaxsan o'zi tashrif buyurdi va qatnashchilarga sport anjomlari hamda sport formalarni sovg'a qildi.
 
Musobaqada 10ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordi. Xususan UzDongJu (Andijon), Qorsuv BO'SM (Andijon), Neftchi (Farg'ona), Umid-34-BO'SM (Namangan), Qo'qon-1912 (Qo'qon), Beshariq (Beshariq tumani), O'zbekiston (O'zbekiston tumani), Uchko'prik (Uchko'prik tumani), Lokomotiv-BFK (Qo'qon), Buloqboshi (Qo'qon) shular jumlasidandir.

Final uchrashuvi shahardagi Markaziy stadionda kechdi va unda muxlislar Qo'qon-1912  Umid-34-BO'SM uchrashuviga guvoh bo'ldi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan o'yinda Narimon Asanov boshchiligidagi mezbonlar 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Gollarga, Ervin, Ablaalimov, (2ta), Ibrohim Muxtorov, Azimbek Qo'ldoshev, Ibrohim Otaqo'ziev mualliflik qilishdi.

Finalda eng yaxshi o'yinchilar ham aniqlandi. Unga ko'ra Qo'qon-1912dan Xojiakbar Madrahimov va Umid-34-BO'SM dan Nuriddin Abdullaev ushbu nomga loyiq deb topildi.
Etiborlisi Qo'qon shahar hokimi Abdullaev Akramjon Anorqulovich musobaqaning final qismiga ham tashrif buyurdi va g'olib jamoaga bosh sovrinni topshirdi. SHuningdek final ishtirokchilariga qimmatbaho buyum va estalik uchun bir qator sovg'alarni ulashdi.

Bunday etibordan so'ng musobaqada ishtirok etgan yosh futbolchilar xursand holda qaytishdi.


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика