So’nggi yangiliklar

13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  2 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  27 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  28 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1

“Qo'qon-1912” katta murabbiyi: “Muxlislarimizga sabr tilaymiz” Yangiliklar

“Qo'qon-1912” katta murabbiyi: “Muxlislarimizga sabr tilaymiz”

Superliga 4-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo'qon-1912” jamoasi katta murabbiyi Aziz To'xtaboev qatnashdi.

"Birinchi taymda o'yinimiz biroz qovushmadi. Yigitlarda o'zlariga bo'lgan ishonch etishmadi. Ikkinchi taymda yaxshi o'yin namoyish etdik. Biroq vaziyatlardan foydalanishda omad bizdan yuz o'girdi. Xudo xohlasa, keyingi bahslarda g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Mag'lubiyatda birinchi navbatda murabbiylar aybdor bo'ladi. Agar yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanganimizda hisob boshqacha bo'lishi mumkin edi. Uchrashuv davomida yo'l qo'yilgan kamchiliklarni tahlil qilib, keyingi o'yinga boshqacha tayyorgarlik ko'ramiz. Muxlislarimizga sabr tilaymiz. Bu vaziyatdan tezroq chiqib ketishga harakat qilamiz. Barcha ishqibozlarimizga katta rahmat. Har doim bizni yaxshi qo'llab turishibdi.

Mag'lubiyatda himoyachilar yoki darvozabonni ayblamagan bo'lardim. Maydonda 11 kishi o'ynaydi. Futbol jamoaviy o'yin. Natijada barcha birdek aybdor", - deydi Aziz To'xtaboev.

Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика