So’nggi yangiliklar

12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  0 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  1 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  7 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  23 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  36 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  3 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  3

“Qo'qon-1912” jamoasi va muxlislar klubi buxoroliklarga minnadorchilik bildiradi Yangiliklar

“Qo'qon-1912” jamoasi va muxlislar klubi buxoroliklarga minnadorchilik bildiradi

Teglar :  Qo'qon-1912Buxoro
O'zbekistonning ko'hna va navqiron shaharlari bo'lmish – Buxoro va Qo'qon shahari o'rtasidagi do'stlik rishtalari uzoq tarixga borib taqaladi.

Bugungi kunda ham bu shaharlarning o'zaro hamkorligi yuqori darajada davom etmoqda. Xususan, “Qo'qon-1912” futbol klubi va “Buxoro” jamoalari yaxshi munosabatlarni yo'lga qo'yishgan. O'zbekiston Kubogi chorak final doirasidagi o'yinlarda bu rishtaning mustahkam ekanligi yana bir bor o'z isbotni topdi. Jumladan, bugungi kunga kelib, “Qo'qon-1912” jamoasi muxlislar klubi va “Buxoro” jamoasi muxlislari o'rtasidagi do'stona munosabat ko'pchilikning havasini keltirayotgani hech kimga sir emas.

Ushbu jamoalarning Qo'qonda bo'lib o'tgan birinchi o'yinida Ilhomjon Qunduzov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” jamoasi muxlislar klubi vakillari buxorolik muxlislarni yuqori darajada kutib olishgandi.

28 iyul kuni Buxoroda o'tkazilgan javob bahsi oldidan “Buxoro” jamoasi muxlislar klubi azolari ham Qo'qondan tashrif buyurgan muxlislarni shunday darajada kutib olishdi. Jamoamiz ishqibozlari Buxoro shahrning eng go'zal maskanlariga tashrif buyurishdi. Umuman olganda, kutib olish jarayonidan tortib kuzatish jarayonigacha barchasi alo darajada bo'ldi.

“Qo'qon-1912” jamoasi va muxlislar klubi vakillari buxorolik muxlislarga samimiy munosabat, yuqori darajadagi etibor uchun minnatdorchilik izhor etadi. O'ylaymizki, bu hamkorlik shunday ruhda davom etadi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика