So’nggi yangiliklar

20:15Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23  3 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  1 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  4 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  20 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0

"Qo'qon-1912" jamoasi futbolchilari bolajonlarni yangi yil bayrami bilan tabriklashdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" jamoasi futbolchilari bolajonlarni yangi yil bayrami bilan tabriklashdi

Ayni kunlarda yurtimizda bayram shukuhi hukm surmoqda. Hamma joyda yangi yil bayrami tantanalariga tayyorgarlik avjiga chiqqan.

Kecha "Qo'qon-1912" jamoasi azolari Qo'qon shahridagi 12 mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad mehribonlik uyidagi bolajonlarni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklash, ularning murg'ak ko'ngillariga biroz bo'lsada quvonch ulashish edi.

"Qo'qon-1912" jamoasining bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bolajonlarni yangi yil bayrami bilan chin qalbdan tabriklab, ularga kelayotgan yilda sog'lik-salomatlik, omad , bolajonlarni orasidan kelgusida etuk insonlar etishib chiqishiga tilak bildirdilar. Jamoamiz ular bilan yil davomida hamkorlikni yo'lga qo'yishini taklif qildilar. SHuningdek jamoamiz sardori Murod Holmuhammedov ham bolajonlarni yangi yil bilan tabriklab, ularga televizor sovg'a qildi.

SHundan so'ng futbolchilarimiz jajji muxlislariga o'zlarinig to'p bilan ishlash mahoratlarini namoyish qilib berishdi.

Bolajonlarga eng yaxshi sovg'a o'zlari sevgan futbolchilarining qo'lidan futbol to'plarini qabul qilib olish bo'ldi.  Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga Qo'qondagi "Markaziy" stadionida alohida sektor ajratib beriladigan bo'ldi. Futbolchilarimiz bilan uchrashuvdan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bir olam zavq olishdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика