So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

“Qo'qon-1912” jamoasi dastlabki yig'inni boshladi. Murabbiylar shtabida o'zgarish bor Yangiliklar

“Qo'qon-1912” jamoasi dastlabki yig'inni boshladi. Murabbiylar shtabida o'zgarish bor

Mavsum yakunlanganidan so'ng tanaffusga chiqqan “Qo'qon-1912” jamoasi azolari kecha Qo'qon shahrida yig'ilishdi.

Dastlab jamoa qarorgohida klub rahbarlari hamda futbolchilar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda “Qo'qon-1912” jamoasi prezidenti Baxtiyorjon Tolipov futbolchilarga jamoaning yangi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovni tanishtirdi.

- Mavsumni yakunlab bergan Aziz To'xtaboev boshchiligidagi barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Jamoamiz 1-davradan so'ng qiyin ahvolga tushib qolgan edi. SHunday vaziyatda qo'rqmasdan masuliyatni o'ziga olgan Aziz To'xtaboevga katta rahmat. SHuningdek Timur Kapadzega ham bergan yordamlari uchun minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman.

Barchangizni xabaringiz bor jamoamizga bosh murabbiy etib Baxtiyor Ashurmatovni tayinladik. Ashurmatovga murabbiylar shtabida yana bir Qo'qon farzandi Zohidjon Nurmatov yordam beradi. O'ylaymanki barchangiz Baxtiyorjonni yaxshi bilasiz va bu kishini atrofida jipslashib muxlislarimiz uchun chiroyli futbol hamda yaxshi natija qilib berasizlar. Biz qo'limizdan kelgancha eng yaxshi sharoitlarni sizlar uchun yaratib berishga harakat qilamiz. "Qo'qon-1912" jamoasini ham yuqori o'rinlarda ko'radigan vaqtimiz etib keldi deb ishonaman – dedi jumladan Baxtiyorjon Tolipov.



SHundan so'ng Baxtiyor Ashurmatov jamoa azolari bilan alohida suhbat olib bordi.

- Barchangizni ko'rib turganimdan xursandman. Avvalambor rahbariyatga menga bildirilgan ishonchlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Qo'qonga yaxshi niyatlar va yuqori maqsadlarni ko'zlab kelganman. Oxirgi paytlarda murabbiylik faoliyatim bir tekis kechmadi. Sizlarning yordamingizda murabbiy sifatida yangi darajaga chiqishimga ishonaman. Eng asosiy maqsadimiz jonkuyar muxlislarimiz ishonchini qozonib, ularni yana stadionga qaytarishimiz lozim. Buning uchun esa har bir o'yinda jangovor, chiroyli futbol namoyish qilishimiz kerak bo'ladi. Bugundan boshlab o'zimizga bildirilgan ishonchni oqlash uchun qattiq mehnatni boshlaymiz. Barcha futbolchilar sog'lom raqobatga tayyor bo'lasizlar. Men jangovor futbolni yaxshi ko'raman. O'yin vaqtida yakka kurashlardan o'zini olib qochadigan futbolchilarga qiyin bo'ladi. Barchangizdan jangovor futbolga tayyor bo'lishlaringni talab qilaman. Hammalaringga bu yo'lda omad tilayman. Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib muxlislarni hamda bizga ishonch bildirgan rahbarlarimizning ishonchlarini oqlash uchun astoydil ishlashimiz kerak. Tarkibimizda hali o'zgarishlar bo'ladi. Murod Holmuxammedov bilan Quvondiq Ro'zievlar oilaviy sabablar tufayli 23 dekabrdan mashg'ulotlarga qo'shilishadi. Oybek Rustamov Tailandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatidan so'ng tarkibimizga etib keladi. 28 dekbargacha Qo'qonda mashg'ulotlarni kuniga ikki mahaldan olib boramiz – dedi Baxtiyor Ashurmatov.



SHundan so'ng jamoa azolari “Markaziy” stadionida dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazishdi. Murabbiylar shtabi selekciya ishlarini qizg'in tarzda olib borishmoqda. Bir nechta futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Yaqin kunlarda va yangi yil bayramidan so'ng jamoa tarkibiga bir nechta yangi futbolchilar qo'shilishi kutilmoqda.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика