So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  0 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

"Qo'qon-1912": Jamoamizga sodiq futbolchilar Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Jamoamizga sodiq futbolchilar

Teglar :  Qo'qon-1912
“Millionlar o'yini”da sodiqlik juda ham qadrlanadi.

Jahon futbolida o'zining sodiqligi bilan nom qozongan o'yinchilar soni barmoq bilan sanarli. Maldini, Totti, Raul kabi futbolchilar aynan o'z jamoasiga sodiqligi tufayli cheksiz hurmatga sazovor bo'lgan, desak adashmaymiz.

Bugungi maqolamizda Qo'qonga sodiq futbolchilar xususida so'z yuritamiz.

Qo'qon futbolining bugungi kundagi sadoqat timsoli haqida gap ketganda, barchaning ko'z o'ngida Aziz To'xtaboev gavdalanishi aniq.  30 yoshli hujumchi 2003 yilda ham “Qo'qon-1912” tarkibida to'p surgan.  Keyinchalik boshqa klublar safida o'ynadi. 2007 yili Vadim Abramov boshqargan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sharafini himoya qildi. Yillar o'tib, u yana jonajon “Qo'qon-1912” klubiga qaytdi. Mana bir necha mavsumdirki, u jamoamizning etakchisi sifatida etirof etiladi. Bejizga unga sardorlik bog'ichi berilmagan. Yakuniga etgan mavsumda To'xtaboev 20 uchrashuvda maydonga tushdi. Bir marta raqiblar darvozasini ishg'ol etdi.

Yangi mavsumda ham muxlislarning undan umidi katta.

Qo'qonning yana biri sadoqatli o'yinchilaridan biri – Aziz Ashurovdir. 29 yoshli darvozabon xuddi ismdoshi kabi 2003 yildan ham “Qo'qon-1912” jamoasi sharafini himoya qilgan. To'xtaboev va Ashurov shu yilga qadar turli klublarda birga faoliyat yurtishgan.

Ashurov ham so'nggi yillarda jonajon jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Ashurov yakuniga etgan mavsumda 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Etti marta asosiy tarkibda o'yinni boshlagan bo'lsa, 2 marta zaxiradan o'yinga qo'shildi. Ayrim bahslarda Ashurov jamoadoshlarini sardor sifatida maydonga boshlab tushdi.

Azizda yangi mavsumda birinchi raqamli posbon bo'lishi uchun yaxshigina imkoniyat bor.

Jalil Kimsanov ham Qo'qon futbolining ramzlaridan biri, desak mubolag'a bo'lmaydi. 29 yoshli himoyachi o'zining ishonchli o'yinlari tufayli muxlislar mehrini qozongan. Jalilning maydonga tushishi ishqibozlarning ko'nglini xotirjam qiladi. Kimsanov ham o'zining sadoqati bilan yosh futbolchilarga ibrat bo'lib kelmoqda. Yakuniga etgan mavsumda Jalil Kimsanov 24 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga bitta to'p kiritdi. Mavsumdagi yagona golini himoyachimiz “Nasaf” darvozasiga kiritgan.

Yangi mavsumda ham Jalil Kimsanovdan ishonchli o'yin kutib qolamiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика