So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

"Qo'qon-1912": CHorak finalga chiqdik Yangiliklar

"Qo'qon-1912": CHorak finalga chiqdik

Teglar :  Qo'qon-1912Navbahor
Ushbu jamoalar bundan bir hafta oldin Oliy liga 9-tur doirasida Namanganda to'qnash kelishgandi.

Mazkur bahsda maydon egalari yirik hisobda g'alaba qozonishgandi. SHundan keyin jamoamizda bir qator o'zgarishlar amalga oshirilganidan xabaringiz bor, albatta.

Kubok o'yinidagi birinchi bahsda g'alaba qozonganimiz tufayli javob uchrashuvi olidan ustinlik biz tomonda edi. Bosh murabbiy Sergey Kovshov mazkur uchrashuvda oldingi bahsga qaraganda biroz boshqacharoq tarkibni maydonga tushirdi.

Har ikki jamoa o'yinni ehtiyotkorlik bilan boshladi. 9-daqiqada hisob ochilishi mumkin edi. Doston Tursunovning boshi bilan bergan zarbasini Alibek Turopov katta qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. 11-daqiqa esa maydon egalari uchun omadsiz keldi. Qanotdan oshirilgan to'pni Aleksandr Pishur “Qo'qon-1912” darvozasiga aniq yo'lladi – 0:1.

17-daqiqada hisob tenglashdi.  Jarimadan oshirilgan to'pni Nosir Otaqo'ziev mehmonlar davrozasiga aniq yo'llab hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Birinchi bo'limning qolganda daqiqalarida hisob o'zgarmadi va jamoalar shu hisob bilan tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi taymni jamoamiz boshqacha ruhda boshladi. Dastlabki daqiqalardan oldinga intilgan vakillarimiz raqib darvozasi oldida bir qator vaziyatlarni sodir etishdi. O'z navbatida mehmonlar ham qarshi hujumlardan samaralari foydalanishga intilishdi.

68-daqiqada Nosir Otaqo'zievning boshi bilan bergan zarbasi chiroyli chiqdi. Ammo mehmonlar darvozaboni o'z o'rnida. 84-daqiqada mehmonlar maydonda bir kishi kam bo'lib qolishdi. Raqibga nisbatan qo'pol o'ynagani tufayli Xayrullo Karimov qizil kartochka bilan jazolandi. O'yinning qolgan qismida futbolchilarimiz raqib darvozasi oldida bir qator vaziyatlarni yaratishdi. Ammo ulardan naf chiqmadi.

SHu tariqa o'yin durang natija bilan yakunlandi va "Qo'qon-1912" keyingi bosqichga chiqdi.



O'zbekiston Kubogi
1/8  final
Javob uchrashuvi
“Qo'qon-1912” – “Navbahor” – 1:1 (1:1)
Gollar:
Nosir Otaqo'ziev 17. –  Aleksandr Pishur 11.

“Qo'qon-1912: 1. Ruslan Matniyazov, 4. Mirjalol Qurbonov, 5. Jalil Kimsanov, 6. Bahodir Akramov,  7. Otabek Zokirov (23. Furqat Hasanboev-58), 9. Nosir Otaqo'ziev, 17. Aziz To'xtaboev (25. Alisher Ziyavuddinov-62), 20. Doston Tursunov, 22. Orif Mamajonov (31. Oybek Nurboev-81), 24. Ilya Ilin, 28. Abdullox Olimov.
Zaxira: 21. G'ayrat Hasanov, 11. Navro'z Olimov, 19. Sardor Qahhorov, 26. Oybek Rustamov.

“Navbahor”: 23. Alibek Turopov, 4. Xayrullo Karimov, 7. Akram Bahriddinov, 15. Obid Jo'raboev, 18. Anvar Rajabov (11. Mo'ydin Mamazulumov-71), 21. Azam Aliev, 22. Sardor Azimov (17. Vladislav Pavlenk-64), 29. Igor Golban, 33. Tohir SHamsiddinov, 70. Alibobo Rahmatullaev (48. Aziz Turg'unboev-80), 77. Aleksandr Pishur.
Zaxira: 12. Aleksandr Korneychuk, 5. Nodir Mavlonov, 16. SHoxjahon Abbosov, 26. Qahramon Muhammadjonov.

Birinchi o'yin: 1:0.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика