So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Superliga. "Qo'qon-1912" "Buxoro"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Qo'qon-1912" "Buxoro"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Muxlislar kutgan kunlar keldi. Kecha Toshkentda "Paxtakor" - "Navbahor" o'yini bilan 2020 yilgi Superliga o'yinlari boshlangan bo'lsa bugun Qo'qonda ham yangi mavsum boshlandi. Ochilish marosimida sanatkorlar ijrosida muxlislarga koncert dasturi namoyish etildi. Qo'qon shahar xokimi o'rinbosari nutq so'zlab yangi mavsumni ochib berdi. SHundan so'ng harbiy orkestr vatanimiz madhiyasini jonli kuyladi.

O'yin boshidan maydon egalari tashabbusni qo'lga olib hujumlar uyushtira boshladi. 10-daqiqada Quvondiq Ro'zievning yaqin burchakdan bergan o'ta kuchli zarbasini Sardor Qobuljonov darvoza tashqarisiga chiqarib yubordi. 17-daqiqada Buxoro himoyachilari jarima maydoni tashqarisida Suhrob Berdievni yiqitdi. 20 metrlardan berilgan jarima zarbasini Qo'qonliklar to'purar himoyachisi Murod Xolmuxamedov Messi usulida darvozaning o'ng burchagiga joylab qo'ydi - 1:0.

30-daqiqalarda mehmonlar o'yinchisi Milovan Kaporning uzoqdan erlatib bergan zarbasini Botirali Ergashev ushlab oldi. Taym so'ngida Qo'qonliklar yana bir xavfli jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo'ldi, lekin zarba juda kuchsiz chiqdi va darvozabon osonlik bilan to'pni ushlab oldi.

53-daqiqada "Buxoro" darvozasiga bir necha xavfli zarbalar berildi. To'p goh darvozabonga, goh himoyachilarga tegib qaytdi.

60-daqiqada "Buxoro" yarim himoyachisi Anvar Jo'raev ogohlantirildi. Bir oz o'tib ogohlantirilgan Anvar Jo'raev maydonni tark etdi. O'rniga hujumchi Jasur Hakimov tushdi. Muhsin Muhammadiev kechagi "Navbaxor"chi Islom Isoqjonovga o'xshab ikkinchi sariq olishini oldini oldi shekilli.

69-daqiqada yana Murod Xolmuhammedov, yana jarima zarbasidan keyin gol urdi, 22 metrlardan erlatib tepilgan to'p Norbekovning oyog'iga tegib rikoshet xolatda darvozaga borib tushdi - 2:0.

Ikkinchi goldan keyin buxoroliklar ancha jonlanib ko'proq hujumlar uyushtirdi. Biroq samara bo'lgani yo'q. 82-daqiqada Quvondiq Ro'ziev hisobni yiriklashtiruvchi golni urdi - 3:0.

Bugungi o'yinni ko'rish uchun stadionga 5178 nafar muxlis keldi.

85-daqiqada hujumchi Otabek Haydarov o'rniga ivuarlik legioner Yakuba Bamba tushdi. Bu futbolchi "Qo'qon-1912" jamoasida o'ynagan birinchi afrikalik legioner sifatida tarixda qoladigan bo'ldi. O'yin oxirigacha hisob boshqa o'zgarmadi. SHu tariqa "Qo'qon-1912" jamoasi yangi mavsumni yirik 3:0 hisobidagi g'alaba bilan boshladi.


Uchrashuvdagi gollarni saytimizning telegramdagi kanalida tomosha qilish mumkin. KANALGA O'TISH


"Qo'qon-1912" – "Buxoro" 3:0
28 fevral 2020 yil. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 15:30
Hakamlar:
Timur To'xtasinov, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Rahimbek Karimov
Nazoratchi: Sayfiddin Irmatov
Komissar: Erkin Baxtiyorov

Gollar: Murod Xolmuhammedov 17, - 1:0. Murod Xolmuhammedov 68, - 2:0. Quvondiq Ro'ziev 85, - 3:0 (Suhrob Berdiev).

"Qo'qon-1912": 1.Botirali Ergashev, 3.Bobirjon Akbarov, 7.SHoxnazar Norbekov (20.Iqbol Malikjonov, 79), 9.Suhrob Berdiev, 10.Quvondiq Ro'ziev, 11.Otabek Haydarov (91.Yakuba Bamba, 86), 13.Sardor Azimov (14.Avazxon Mamatxo'jaev, 65), 15.Oybek Rustamov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 70.Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: 21.Muzaffar Abdullaev, 4.Sobit Sindarov, 5.Jasur Yoqubov, 8.Suhrob Nurulloev, 19.Hamidullo Abduhamidov, 22.Muhammadanas Hasanov.

"Buxoro": 20.Sardor Qobuljonov, 4.Mirjalol Jumaev (16.Jasur Hasanov, 73), 8.Anvarjon Jo'raev (9.Jasurbek Hakimov, 64), 10.Jaba Lipartiya, 11.Zohir Pirimov (21.Abbosbek Jumaqulov, 76), 23.Behruz SHodmonov, 26.Abror Xusinov, 40.Azizbek Amonov, 55.Artyom Baranovski, 69.Edin Yunuzovich, 88.Milovan Kapor.
Zaxira: 91.Zafar Safaev, 7.Suhrob Nematov, 17.Behruz Sadiloev, 19.Bekzod Sayidov, 77.Izzatilla Abdullaev, 98.Solibek Karimov.

Ogohlantirishlar: Anvarjon Jo'raev 58, Jaba Lipartiya 83.



Farhodjon Uzoqov tayyorladi


Qo’qon-1912

Murod Xolmuhamedov - 17', Murod Xolmuhamedov - 68', Quvondiq Ro'ziev - 85'

Superliga. 1-tur

28/02/2020, 15:30

0
:
3
Tugadi

Buxoro

45'
90'
17'  Murod Xolmuhamedov
64'  Sardor Azimov (Avazxon Mamatxo’jaev)
68'  Murod Xolmuhamedov
79'  Shohnazar Norbekov (Iqbol Malikzhonov)
85'  Quvondiq Ro'ziev
85'  Suhrob Berdiyev
86'  Otabek Haydarov (YAkuba Bamba)
58'  Anvarzhon ZHo'raev
64'  Anvarzhon ZHo'raev (Jasur Hakimov)
73'  Mirzhalol ZHumaev (Jasur Hasanov)
76'  Zohir Pirimov (Abbosbek ZHumaqulov)
83'  Jaba Lipartiya


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика