Qo'qon-1912: Bunyodkorga qarshi tayyorgarlik davom etmoqda
14 iyu 2017 08:29
Yangiliklar
Qo'qon-1912: Bunyodkorga qarshi tayyorgarlik davom etmoqda
Qo'qonliklar CHirchiq shahrida navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
Milliy terma jamoa ixtiyorida bo'lgan Murod Xolmuhammedov bugun jamoa safiga kelib qo'shiladi. O'zbekiston U-22 terma jamoasi bilan Xitoyga ketgan Javohir Sidiqov esa 15 iyun kuni jamoa ixtiyoriga kelib qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” bilan o'yin 16 iyun kuni, soat 19:00da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi. 15 iyun kuni xar ikki jamoaning o'rinbosarlar tarkiblari uchrashadilar. O'rinbosarlar o'rtasidagi bahs soat 18:00da “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda start oladi.
Fikrlar