"Qo'qon-1912": “Bunyodkor” biz gol ura olmagan yagona jamoa"

Narzulla Saydullayev
27 noya 2015, 08:16
Yakunlangan mavsum haqidagi maqolalarimizni davom ettiramiz. Bu galgi mavzumiz ham gollarga bag'ishlanadi.

Kecha kim nechga to'p kiritgani xususida to'xtalib o'tgandik. Bugun esa qaysi jamoaga nechta to'p kiritganimiz to'g'risida so'z yuritamiz.

Futbolchilarimiz eng ko'p golni Samarqandning “Dinamo” darvozasiga kiritishgan. Aniqrog'i, ikkita o'yinda vakillarimiz to'rt marta samarqandliklar posbonlarini ranjitishgan. Birinchi o'yinda 1:0 ikkinchi o'yinda 3:1. Shuningdek, G'uzorning “Sho'rtan” jamoasi darvozasiga ham xuddi shuncha to'p kiritilgan. Birinchi o'yinda 2:1, ikkinchi o'yinda 2:2. Golarning bittasi g'uzorliklar himoyachisi Sherzod Sharipovga tegishli. Birinchi davradagi bahsda Sharipov o'z darovozasini ishg'ol etib qo'ygan. Aytgancha, G'uzordagi bahsda ham avtogol kuzatilgan. Bu o'yinda jamoamiz vakili Suhrob Qobilov avtogol sohibi bo'lgan.

“Paxtakor”, “Metallurg” jamoalari bizga qarshi kechgan o'yinlardan o'z darvozalaridan uch martadan to'p o'tkazib yuborishgan.

“Mashal”, “Buxoro”, “Andijon”, “Lokomotiv”, “Qizilqum”, “Neftchi” va “So'g'diyona” jamoalari posbonlarini futbolchilarimiz ikki martadan “xafa” qilishgan.

“Nasaf”, “Olmaliq”, “Navbahor” jamoalari darvozalariga bir martadan yo'l topganiz.

Yakuniga etgan mavsumda har ikki o'yinda ham “Bunyodkor” darvozasini ishg'ol eta olmaganmiz. “Qaldirg'ochlar” biz gol ura olmagan yagona jamoa bo'lib turibdi.

Kimga nechta to'p kiritganmiz:

JamoaGollar soni    
Birinchi davra    
Ikkinchi davra     
Dinamo41:03:1
Sho'rtan42:12:2
Paxtakor32:21:4
Metallurg          
31:22:1
Mashal20:32:1
Buxoro22:10:2
Andijon20:02:1
Lokomotiv20:12:2
Qizilqum21:31:0
Neftchi21:21:0
So'g'diyona21:21:3
Nasaf10:31:3
Navbahor10:11:2
Olmaliq11:20:1
Bunyodkor00:10:5

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz